“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
218 
15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
REJA: 
1.
Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
2.
Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari.
3.
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy 
tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.
4.
Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’siri.
5.
Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi.
 
Tayanch tushunchalar: 
Axloqiy madaniyat, Muomala odobi, Suhbat, Imo-ishora, Etiket,Kasbiy 
odob, Axloqiy tarbiya, Axloqiylik, Tarbiyalanuvchi, Komil inson, Namunaviylik, ommaviy 
madaniyat, bioetika, 
 
Madaniyatning turlari ichida, xususan ma’naviy madaniyat doirasida axloqiy madaniyat 
o‘zining nihoyatda keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Uning shaxs hayotida voqe bo‘lishi 
xilma-xil omillar vositasida ro‘y beradi. Chunonchi, hayotiy tajriba, tarbiya, axloqiy ta lim, san’at 
ana shunday vositalardan hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsga o'zgalar bilan munosabatda 
an’anaviy axloqiy qonun-qoidalardan ijobiy foydalanishni, ularga zamonaviylik nuqtayi nazardan 
yondashishni, ezgulik bilan yovuzlikning farqiga borishni va egallagan axloqiy bilimlarini 
samarali tatbiq etishga o‘rgatadi. Qisqasi, u shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va 
ulardan o‘z tajribalarida foydalamshi o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari 
jihatlarni qamray oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi hamda davlat 
va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat qiladi. Axloqiy madaniyat doimo 
zamonaviydir. Ya’ni, u muayyan zamon erishgan axloqiy yutuqlar yoxud darajaning shaxs axloqiy 
hayotidagi ko‘rinishidir. To‘g‘ri, u, yuqorida aytganimizdek, ma’naviy axloqiy qadriyatlarni 
butunlay inkor etmaydi, lekin ularning zamonaviy shakllarda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. M. 
mulozamat, takalluf va murojaat odobini olaylik. Bu axloqiy qadriyatlar qadimdan mavjud. Lekin 
ularning bugungi kundagi shakllari, deylik, Navoiy davridagidan farq qiladi. Garchand, u davrdagi 
mulozamat, takalluf va murojaat odobi o‘z mohiyatini saqlab qolgan bo‘lsa-da, bugun ulardan 
o’sha shakllarda foydalanish erish tuyuladi, hazilomuz-kulgili ko'nnadi, hatto istehzoli-kinoyaviy 
urg‘u kasb etadi. Biz yuqorida madaniyatning keng qamrovlilik xususiyatini ta ’kidlab o‘tdik. 
Zotan madaniyatning biror sohasi yo‘qki, unda axloqiy madaniyat bevosita yoki bilvosita ishtirok 
etmagan boMsin. U iqtisodiy madaniyatmi, tibbiy madaniyatmi, estetik madaniyatmi, baribir 
axloqiy madaniyatsiz mavjud bo‘lolmaydi. Hammasida axloqiy madaniyat muomala odobi,
etiket, kasbiy odob ko‘rinishlarida nafaqat ishtirok etadi, balki ma’lum ma’noda ularning yashash 
shartini belgilab beradi. Insonlar toki jamiyat bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular birbirlari bilan 
axloqiy munosabatga kirishmay yashashlarining iloji yo‘q. Axloqiy madaniyat ana shu 
munosabatning asosi, mohiyatini tashkil etadi.
Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga oladi. Ana 
shunday eng muhim unsurlardan biri — muomala odobi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin