“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI 
O‘RNI 
209 
14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING 
YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI REJA: 
1.
Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli
2.
Nikohning qonuniy va diniy jihatlari.
3.
Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar O‘zbekistonda yoshlar 
tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy 
qadriyatlarining o‘rni
4.
Ajralish va uning axloqiy kamolotga salbiy ta’siri
Tayanch tushunchalar:
Nikoh, oila, er-xotin, poligam, monogam, mahr farzand tarbiyasi, oila 
shartnomasi, axloqiy qadriyatlar, nomus, Oila kodeksi, shariy nikoh.
Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy 
voyaga yetishida oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - 
odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat 
talablarini anglaydi, his etadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
ta’kidlaganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, 
rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo, mehru - oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy 
fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning 
mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh avloddan 
tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.
Oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. 
Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu 
shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan 
yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab 
hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni 
anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli 
arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi 
zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi 
ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga 
yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi 
ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan. "Oila" 
so’zining lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. 
Adabiyotlarda oilaning turli ta’riflari mavjud. Shundan eng mukammali quyidagidir: Oila - 
kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, 
uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er 
- xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat tuyg’usi va boshqa) munosabatlariga 
asoslangan ijtimoiy birligi"
45
. Professor A. Ortiqovning ma’ruza matnlarida, yosh olima 
F.Primovaning oila haqida quyidagi yanada mukammalroq ta’rifi keltirilgan: "Oila jamiyatning 
tarixiy taraqqiyot jarayonida, uning davomiyligini ta’minlovchi tabiiy - biologik, ijtimoiy 
ehtiyojlarning qonuniyati asosida shakllanib, takomillashgan kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy, 
45
O’zbekiston Мilliy ensiklopediyasi 8-jild


210 
huquqiy, ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"
46

Darhaqiqat, oila er - xotin, ularning bola - chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar 
guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir 
erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina 
iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning ota - onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, 
uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu 
oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu 
jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin muhabbati sinovdan 
o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini qadrlashni 
o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi, 
farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga 
to’kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. 
Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti 
bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik, 
farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, 
manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun 
muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy 
munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu 
jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki oila 
taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular 
ota - ona sifatida farzandlaru qavm - qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z 
navbatida farzandlar ham o’z ota - onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini 
his etib yashaydilar.
Xo’sh, nikoh nima? Nikoh ham arabcha so’z bo’lib, "O’zbek tilining izohli lug’ati"da: Er - 
xotinlikni shariat yo’li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan 
o’qiladigan shartnoma ma’nosiga ega ekanligi qayd etilgan". Boshqa lug’atlarda ham nikoh "Er - 
xotinlikning yuridik (huquqiy) ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, "nikoh ahdi", 
"erxotinlik, uylanish" ma’nolarida ishlatilgan.
3
Nikoh to’g’risida ham turli ta’riflar bor. Shundan 
eng ma’quli quyidagi ta’rifdir: "Nikoh ikki jinsdagi shaxslarning oilaviy munosabatlarda ishtirok 
etish uchun o’zaro ahdlashuvidir".
4
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) 
bo’limida tuziladi va rasmiylashtiriladi Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari
– nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar18, 
qizlar-17-nikoh yoshlari qilib belgilangan. Nikoh tuzishdan oldin ikki yosh orasida goh ochiq 
sevgi-muntazam uchrashuvlar, ahdu-paymonlar va orqa varotdan bir-birini yoqtirish bo‘lishi 
mumkin. Har ikkala ahvolda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.
Muhammad Alayhissalom uylariga sovchi kelganda qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar 
va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida Bibi Fotima rozilik berganlar. 
Demak, farzandning roziligini olish bizga payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. Hozirgi kunda ham 
ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz 
uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina to‘y bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda bunday 
yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar» 
romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa 
bo‘ladi. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra ahloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo‘ysundiriladi. 
Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi. Nikohda u ikkinchi 
46
Ortiqov A. "Etika asoslari" kursidan leksiya matnlari, - Т.: 1999, 95-bet. 
3
Qarang: Safarov O, Mahmudov M. Oila ma’naviyati. –T.: 1997, 15-bet. 
4
Davlat va huquq asoslari. Izohli lug’at., -Т.: "O’qituvchi", 1996, 49-bet. 


211 
darajali mavqe’ni egallaydi. Demak, nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, erkak bilan 
ayolning bir - biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir - birlari oldida va 
jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini belgilaydigan oilaviy 
ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir tushunchalar 
emas. Oila - nikoh va qon-qardoshlik bilan bog’langan kishilarning tarixan shakllangan ittifoqidir, 
eng avvalo, er va xotin, ota - onalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlardir. Nikoh - oilaning 
faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub kishilarning, eng avvalo, er va xotinning va 
farzandlarning bir -birlari oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini 
ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan mavjud 
bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida turlicha 
nuqtai-nazarlar 
mavjud. 
Mutaxassislarning 
aksariyatining 
fikricha, 
oila 
va 
nikoh 
munosabatlarining evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va 
so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb 
nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol barcha 
erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o’rnini guruhiy 
nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha 
ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy shakli 
sifatida juft oila paydo bo’lgan. Juft nikohda esa er - xotin hisoblangan erkak va ayol o’z 
urug’larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri), ham ona 
tomonidan (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er - xotin nikohi barqaror, alohida 
xo’jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy faktor o’z 
vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon -qardoshlar istisno qilindi, jinsiy 
munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan yashash 
uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka nikohlik) oila paydo bo’ldi. Nihoyat 
individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -xotinni hamda ularning bolalarini bir - biri bilan 
mustahkam bog’laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa tuzumi 
emirilayotgan davrga to’g’ri keladi. Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir biridan farq 
qiladi: 1) Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik kimning qo’lida 
bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan boshqariladigan) 
matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er - xotinning tengligiga asoslangan) 
oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi "demokratik" oilaning tipik shaklidir.
Mashhur amerikalik faylasuf Jorj SaktaYana (1803-1952) ta’kidlaganidek: "Oila, bu — tabiatning 
shoh asarlaridan biriga aylandi". Fransuz yozuvchisi V. M. Gyugo (1802- 1885): "Oila
- jamiyatning duru gavhari", — degan edi. Buyuk tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddin (18481917) 
"Oila" asarida Shunday degan edi: "Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan narsa 
millionlar ila sanalmoqda bo’lgan askarlaru dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar emas, 
balki eng oz e’tibor beradiganimiz, yo bo’lmasa hech bir zamon e’tibor bermasdan keladiganimiz 
bo’lmish oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etar va shu 
sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik negiz ko’rar. Xudoning o’zi asrasinku, 
agarda bir millatga bunday hol ro’baru kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochulg’usidir"
47
.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin