“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

KATEGORIYALARI 
70
tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini olamning universal 
yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari borliqning universal 
aloqalarini bilish shakli hisoblanadi.
Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo‘ladi. 
Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Xususan, bir tomonlama va o‘zaro 
aloqalar, to‘g‘ri va egri aloqalar, bevosita va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar farqlanadi. 
Hajm jihatidan aloqalar umumiy, alohida va xususiy bo‘lishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik, 
funksional, strukturaviy, energetik, moddiy, informatsion va boshqa aloqalar farqlanadi. 
Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog‘i doirasida tadqiq etilishi mumkin 
emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi.
Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos bo‘lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni 
o‘rganadi. Fan borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim,barqaror, 
takrorlanuvchi aloqalarga alohida e’tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida 
yoritiladi.
O‘zaro aloqa. 
Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab
«tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks
(reaktiv) ta’sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va 
tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi 
barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.Ob’ektni bilish uchun pirovard natijada unda vujudga 
kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni echish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni o‘zaro 
aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va xususiyatlarini belgilaydi, amalda 
mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va zaruriyatlarning manbalarini o‘zida 
mujassamlashtiradi. O‘zaro aloqani tushunish umuman ob’ektni tushunish demakdir. Ammo har 
qanday ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa qilgani bois,uning barcha o‘zaro aloqalarini 
bilish uchun undan boshqa ob’ektlarni o‘rganishga,ulardan – uchinchi ob’ektlarga o‘tishga to‘g‘ri 
keladi va hokazo. Ayrim ob’ektning tabiatini belgilovchi o‘zaro aloqani bilish jarayoni cheksizdir. 
Paskal ta’biri bilan aytganda, to‘g‘nag‘ich kallagini bilish uchun butun Olamni bilish talab etiladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin