“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

3.
 
Qonun va uning tasnifi. Rivojlanishning umumiy qonunlari. 
Hodisalarni tavsiflashdan 
ularning mohiyatini anglab etishga o‘tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi. 
Bunda vazifa turli hodisalar o‘rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. Hodisalarni 
birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni tushunib etish zarur. Bu asos – hodisalarni
«biriktiruvchi» va ularni bir-biriga yo‘ldosh bo‘lish, uyg‘unlashish va muvofiqlashishga majbur 
qiluvchi amalda mavjud bo‘lgan barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir. Qonunlarni bilishga 
hodisalarni ilmiy o‘rganish natijasida erishiladi.Odatda, bu olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat 
chekishni talab etuvchi juda og‘ir ishdir. Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim 
o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarning ko‘p sonli to‘plamlariga 
tayanishiga to‘g‘ri ke la di. Bu ma’lumotlar shunday tartibga solinishi va umumlashtirilishi 
lozimki, ho di salarning mazkur sohasi asosiy elementlar va munosabatlarni farqlash imkonini 
beradigan tizim sifatida namoyon bo‘lsin.
4.
 
Falsafa qonunlari 
tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud 
bo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. 
Falsafa
 
qonunlari tizimida dialektik 
ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun 
uning asosiy kategoriyalarini
 
ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan 
boshlaymiz.
Qarama-qarshiliklar birligi qonuni. 
Qarama-qarshilik – narsalar va hodisa lardagi bir-birini 
taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks 
ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik – tug‘malik, ishlab 
chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.). 
Qarama-qarshiliklar – o‘zaro 
bog‘lanishli
 
bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o‘zaro birlikni
 
tashkil 
etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin.
 Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat 
mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat
. (qonunning klassik ta’rifida
 
«kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki
 
mazkur atama 
ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)
 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin