“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Dialektik ziddiyat 
– 
bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama-
qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa – ularni echish mexanizmidir. 
Quyidagi dalillar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga misol bo‘lishi 
mumkin: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki 
o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi bo‘g‘in 
hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta qashshoq qatlamlari 
qaramaqarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat 
aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror 
bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan. Zero, mayda mulkdorlar olgan 
daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini o‘rganadi 
va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. YAna bir misol – 
shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, 
shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi. Bu 
va boshqa dalillar bilishda
ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham, bog‘lovchi bo‘g‘inlarni 
ham hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. 
XX asr 30-yillarining boshida ingliz fizigi Pol 
Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash, lekin
 
musbat zaryadga ega bo‘lgan zarralar 
mavjudligini bashorat qildi. Garchi olim
 
o‘z nazariyasida biron-bir xato topmagan bo‘lsa-da, 
aksilzarralar mavjudligiga
 
uning ishonchi yuq edi.
 
SHunday qilib, qaramaqarshiliklar aloqasi va 
ziddiyatlarni echishning bir-biri bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa 
usuli esa
 
bog‘lanish xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama-
qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.
 
Tafovut – 
avvalgi holatdan saqlanib 
qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. 
«Tafovut» – har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin