“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

 Ziddiyatlarning turlari. 
Ziddiyatlarning butun 
rang-barangligi turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi.
Xususan,
1)
namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ichki va tashqi ziddiyatlar;
2)
rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;
3)
vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;
4)
jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni. 
Hodisalarga makon–vaqt 
mezoni nuqtai nazaridan tavsif berish jarayonida «qaerda?»va «qachon?» savollari birinchi o‘ringa 
chiqadi. Ularni bilishga nisbatan boshqa bir yondashuv «nima?» savoli bilan bog‘liq. Ma’lum 


5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
74
joyda va ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan mazkur hodisa nimadan iborat? U qanday xossalar bilan 
tavsiflanadi? Boshqa hodisalardan uning farqi nimada va qay jihatdan ularga o‘xshash? Bunday 
savollarga javob hodisalarni sifat va miqdor jihatidan tavsiflash orqali beriladi. Mazkur tavsif 
predmeti sifat va miqdor kategoriyalari bilan ifodalanadi. Eng sinchkov tahlil ham hodisada sifat 
yoki miqdor jihatidan tavsiflash mumkin bo‘lmagan narsani aniqlash imkonini bermaydi. 
Binobarin, sifat va miqdor – hodisaning qoldiqsiz «parchalanuvchi» ikki tomonidir.Miqdor va sifat 
o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay 
tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday 
namoyon bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, 
me’yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi.
Sifat 
narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ular- ni muayyan aloqalar 
tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi

Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan 
narsaning o‘zi ham
 
yo‘q bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Sifat – narsaning ichki xususiyati, 
predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui.
 
Sifat – xossalarning oddiy majmui emas, balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va 
predmetning alohida mohiyat sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning 
munosabatlari va aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va 
sifatlar mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, bir 
aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va hokazo. Masalan, suv va bug‘ bir-biridan sifat 
jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning agregat holatini taqqoslaydigan 
bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. Taqqoslash suv va bug‘ning kimyoviy tarkibini 
aniqlashni nazarda tutsa, ularning o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. Ammo har qanday narsa 
bir jihatdan bitta sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega bo‘ladi.
Xossa 
– 
predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan 
o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi.
Xossalar muhim va 
ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Muhim xossalar predmetning sifatini belgilaydi. Ularning 
yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar
 
tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. 
Ikkinchi darajali xossalar o‘zlashtirilishi yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi 
mumkin. Har qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va
 
sifatga ega 
bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar majmuidir.
 
Miqdor 
– 
predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi. 
Barcha narsalar, 
jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan
 
miqdorga ham ega. Ular muqarrar tarzda 
muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. U sifat jihatidan o‘xshash 
xossalar yoki butunning
 
qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar 
sifatgabog‘lanmasdan aniqlanishi mumkin. SHuningdek, miqdor turli predmetlarning
 
ayrim 
umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat jihatidan tenglashtiradi. SHu ma’noda miqdor sifatning 
ziddidir. Ammo predmetning sifat xususiyatini mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil 
tuzilmalarni o‘rganishga
 
tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini beradi. Masalan, 
o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini 
predmet muayyan 
xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi dara
aniqlovchi ayrim ko‘rinishi sifatida, sifat haqida 
aniqroq xulosa chiqarish imkonini beradi. Matematikada miqdoriy munosabatlar son, qiymat, 
funksiya,to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani matematik apparatdan 
foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz makonlarini tadqiq 
etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali vositalaridan biriga aylangan. 
Har 
qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan sintezidir
. Uning borlig‘i 
ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning 
elementlari nisbatan barqarorligi va mustaqilligi bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan, 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin