“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
81
struktura sistemadagi o‘zaro ta’sir va aks ta’sir qiluvchi moddiy tarkiblarni elementlarga 
aylantiradi. Dialektika uchun sistema, struktura va element kategoriyalarining o‘zaro 
aloqadorligini, ularning bir-biriga o‘tishlarini va har biriga xos alohida xususiyatlarini ko‘rsatish, 
ularning o‘zaro umumiyligi va bir-biridan farqlarini aniqlash ayniqsa muhimdir.
Struktura narsa va hodisalardagi, ulardan tashkil topgan sistemalardagi o‘zaro bog‘liq 
quyidagi uch ma’noni ifodalaydi:
1.
Struktura narsa yoki hodisaning bir xil yoki har xil jinsligini, uning muayyan nisbiy 
mustaqil qismlarga, elementlarga, komponentlarga bo‘linishini ifodalaydi.
2.
Struktura narsa yoki hodisani tashkil etuvchi qismlar, bo‘laklar, komponentlar va 
elementlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir va aks ta’sirlarini, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va 
bog‘lanishlarni, bu bog‘lanishlarga oid qonuniyatlarni ifodalaydi.
3.
Struktura, nihoyat, narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil 
topganligidan qat’iy nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir 
butunligini ifodalaydi. SHuning uchun strukturani bilish bu, birinchidan, uning elementlarini 
aniqlash, ikkinchidan, mazkur elementlarning o‘zaro aloqadorliklarini aniqlash, nihoyat, 
uchinchidan, bu elementlar bir butunligining o‘ziga xos tabiatini tushunib olishdir.
Demak, struktura kategoriyasi butun bir sistemani tashkil etuvchi elementlar 
aloqadorligining o‘ziga xos usullarini va bu bir butunlik doirasidagi elementlarning o‘zaro 
munosabatlarini ifodalaydi. Bunda har bir element strukturaning nisbiy mustaqil komponent 
bo‘lishi bilan birga, o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida birlashib, bir butun sistemani vujudga 
keltiradi.
Keyingi vaqtlarda tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot ob’ektini 
chuqurroq o‘rganish maqsadida sistemali yondashish, strukturaviy analiz usullari ishlab chiqildi. 
Bu usullarning qo‘llanilishi ularning samaradorligi va istiqbolli ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ayniqsa, sistemali 
yondashish usuli 
o‘zining muhimligi, o‘rganilayotgan predmet va 
hodisalardagi barcha aloqadorlik va bog‘lanishlarni hisobga olishi bilan dialektik usullarning 
tarkibiy qismini tashkil etadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin