“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

d) Mazmun va shakl.
Mazmun va shakl ham kishilarning borliqni bilishida katta rol o‘ynaydi.
Xo‘sh, mazmun va shakl nima?
Mazmun
— narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi 
jarayonlar, muhim elementlar va o‘zgarishlarning majmuidan iborat.
SHakl
— mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini, ya’ni tuzilishini ifodalovchi, 
narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmunni tashkil etuvchi 
xususiyatlar, ziddiyatlar, elementlar shaklsiz ifodalanmaganidek, ularning mavjudlik usuli, 
strukturasi, tuzilishi ham mazmunsiz namoyon bo‘la olmaydi. Demak, mazmun va shakl muayyan 
bir narsa yoki hodisaning bir-biri bilan dialektik aloqador bo‘lgan ikki tomonidir.Ob’ektiv olamda 
narsa va hodisaga oid bo‘lmagan sof mazmun ham, sof shakl ham yo‘q. Aksincha, faqat muayyan 
mazmun va shakl birligiga ega bo‘lgan narsalar va hodisalargina mavjuddir. Bunda hamisha 
muayyan mazmun muayyan shaklda ifodalanib, muayyan shakl muayyan mazmunga ega bo‘ladi. 
Borliqdagi har bir narsa va hodisa o‘z mazmun va shakl birligi tufayligina mavjud bo‘lsa-da, ular 
shu birlikni vujudga keltirishda turlicha rol o‘ynaydi. SHakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. 
Qisqa qilib aytganda, mazmun shaklni belgilaydi. 
z) Sabab va oqibat.
Narsa va hodisalar o‘zlarining paydo bo‘lishlari, shakllanish va rivojlanishlarida birbirlari 
bilan aloqadorlikda va sababiy bog‘lanishlarda bo‘lishib, ularning biri sabab, ikkinchisi shu sabab 
tufayli kelib chiqqan oqibat bo‘ladi. Ularning o‘zaro bunday aloqadorligi sababiy bog‘lanish 
deyiladi. Bu sababiy bog‘lanishda bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki hodisani vujudga 
keltiradi.


5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
82
Xo‘sh, sabab va oqibat nima?
Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin