ǀ issue 4 ǀ 2022 issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix23.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#120720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
pul-oqimlari-to-g-risidagi-hisobotdagi-axborotlarning-investitsiya-qarorlarini-qabul-qilishdagi-ahamiyati

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 496
“Investitsiya” tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy 
va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida tariflanadi. [12] 
Mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalarning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadigan 
bo‘lsak, bu o‘rinda «Investitsiya” tushunchasining moliyaviy, mulkiy va intellektual 
qadriyatlarni takror ishlab chiqarishning inikosi bo‘lmish dastlabki va asosiy tushuncha 
bo‘lib maydonga chiqishini unutmaslik kerak.
Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu ishda, taqqoslash, tahlil qilish va ajralmaslik 
usullari yordamida, milliy va chet eldagi buxgalteriya (moliyaviy) hisobot 
foydalanuvchilari uchun uni tuzish usullariga qarab, pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotning 
axborot imkoniyatlarini o‘rganish o‘tkazildi. 
Tahlil va natijalar. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda har bir xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning faoliyati uning faoliyati natijalaridan manfaatdor bo‘lgan bozor 
munosabatlari ishtirokchilari (tashkilotlar va shaxslar) ning keng doirasi e’tiboridir. 
Mulkdorlar kapitalning rentabelligini oshirish, firma pozitsiyasining barqarorligini 
ta’minlash maqsadida moliyaviy hisobotlarni tahlil qiladilar. Kreditorlar va investorlar 
kreditlar va depozitlar bo‘yicha risklarni kamaytirish uchun moliyaviy hisobotlarni 
tahlil qiladilar. Qabul qilingan qarorlarning sifati asosan ularning analitik asoslash 
sifatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona iqtisodiy tizimning mustaqil elementi 
sifatida biznes, turli darajadagi byudjetlar, kapital egalari va boshqa sub’ektlar bilan 
o‘zaro hamkorlik qiladi, bu jarayonda ular bilan moliyaviy munosabatlar paydo bo‘ladi. 
Shu munosabat bilan firmaning moliyaviy boshqaruvi, ya’ni tashkilotning taktik va 
strategik maqsadlariga erishish uchun moliyaviy resurslarni tartibga solish tamoyillari, 
ko‘rinishlari va usullarini ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ladi.
Korxonaning holatini baholashning asosiy vositasi tahlil qilinadigan ob’ektning 
ichki va tashqi munosabatlarini ob’ektiv baholash imkonini beradigan tahlil bo‘lib 
xizmat qiladi: uning to‘lov qobiliyatini, samaradorligi va rentabelligini, rivojlanish 
istiqbollarini tavsiflash, so‘ngra uning natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish. 
Shuning uchun, pul oqimi tahlili korxona boshqarish uchun dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga baholash 
imkonini beradi: 
- tashkilotning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish darajasi; 
- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘lari 
summasi; [16] 
- tashkilotning joriy faoliyatni amalga oshirish va kreditorlar majburiyatlarini 
belgilangan muddatlarda qaytarish uchun kerakli pul topish qobiliyati; 
- olingan pul mablag‘laridan foydalanish samaradorligi; 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin