Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning
umumiy metodikasi
Matematikada o‘rganiladigan asosiy tushunchalardan biri
miqdor tushunchasidir. Boshlang‘ich
sinflarda uzunlik
, jismning
massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o‘rganiladi.
Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi.
Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi hosilaviy
miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham
tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni o‘lchash
masalasi o‘rganilmaydi.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika
mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor
haqida predmetlar va voqiylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq
sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi.
1 – 2 - sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt
haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega
bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor,
narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar
1
.
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro
bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lgan “Miqdor va
raqam” tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim
o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lcham birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm,
2 dm, 3 dm, ..., 20 dm kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur
o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va
tegishli nomi bilan – (20 dm) yozib qo‘yamiz.
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa,
miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham
tegishli nomi bilan (20 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan
foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqami ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2
m).
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqisda
mazkur yordamlardan nixoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak
bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollardan belgilarni qo‘llash bilan
bog‘liq
mashqlarni shakllantirishda
, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini
solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5dm, 1m kabi mashqlarni yechishda esa
miqdorlar taqqoslashayotganini qayta-qayta takidlanishi lozim.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni
o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir
miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni aloxida takidlash
maqsadga muvofiq bo‘lar edi O‘qituvchi harbir miqdorni
o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib,o‘quvchilar
faoliyatini quyidagicha tashkil etish mumkin.
|