Yuza va uning o‘lchov birliklari
Tekis figuralarning boshqa hossalari orasida yuzalarni o‘lchash
tushunchasini kiritish amaliy usulga asoslanadi. Yuza birliklari mavzusi 4-
sinfda o‘rganiladi. Yuza haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni
shakllantirishga tayyorgarlik ishi 1-2-sinflardayoq boshlanadi.
Bosma aosdagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat
darslarida qog‘ozdan figuralar qirqib olish, tasviriy san’at darslarida rasm
solish figurani tekislikning yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan bo‘lagi
sifatida qabul qilinishiga imkon beradi. Bolalar ko‘pincha yuzani o‘lchash
tushunchasini uni ratsional hisoblash bilan aralashtirib yuboradilar. “To‘g‘ri
to‘rtburchak yuzini o‘lchash nima?” olgan savolga ko‘pincha bolalar “ bu
uning bo‘yini va enini o‘lchab ularni ko‘paytirish ” deb javob beradilar.
Biroq to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuza birligi
(sm
2
, m
2
) necha marta joylashgan ekanini aniqlash demakdir. O‘qituvchi
bolalarni yuza tushunchasi va yuza atamasi bilan tanishtirishda amaliy
ishdan foydalaniladi: stollar, partalar,
kitob va daftarlar
, turli figuralar sirti,
yuzasi birligini, ularni matematikada “yuza” (yuz) deb atalishini suhbat
mobaynida tushuntiradi.