§. Natural va butun sonlar


- §. Harakatga oid masalalar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə37/43
tarix18.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#99660
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
§. Natural va butun sonlar

30- §. Harakatga oid masalalar.
1.Bir mashina borishi kerak bo’lgan yo’lning 1/4 qismini 12 soatda bosdi. Keyin tezligini 3 marta orttirdi. Qolgan yo’lni necha soatda bosadi?
Javob (12)
2. Bir yo’lovchi boradigan manzilining uchdan birini V tezlikda, qolgan yo’lning yarmini 2V tezlikda va qolganini esa 3V tezlikda yurdi. Bunga ko’ra yo’lovchining o’rtacha tezligi qancha V bo’ladi?
Javob (18/11)
3.Bir suzuvchi to’lqinlarga qarshi minutiga 12 m, to’lqinlar bo’ylab 16 m suzyapti.Suzuvchi dengizda faqat 42 minut qola olsa, orqaga qayta olish uchun qorg’oqdan eng ko’pi bilan necha metr uzoqlasha oladi?
Javob (288)
4.A punktdan B punktga qarab kater va qayiq suzib ketdi.Katerning tezligi qayiqning tezligidan 5 marta kattadir. Kater B punktga borishda bir nechta to’xtalishlar qildi. Natijada u B punktga borishda 2 soat vaqt sarfladi. Agar qayiq B punktga borishda 4 soat vaqt sarflagan bo’lsa, katerning jami to’xtalishlar vaqtini aniqlang.
5.Motorli qayiq 1soat davomida ko’lda 10 km va daryo oqimiga qarshi esa 4 km suzdi. Agar daryo oqimining tezligi 3 km/soat bo’lsa, motorli qayiqning turg’un suvdagi tezligini aniqlang.
6.Orasidagi masofa 50 km bo’lgan ikkita punktdan bir xil vaqtda bir-biriga qarab ikkita piyoda yo’lga chiqdi va ular 5 soatdan so’ng uchrashishdi. Agar piyodalarning birini tezligi ikkinchisining tezligidan 2 km/soatga ko’p bo’lsa, ularning har birini tezligini aniqlang.
Javob (6 km/soat va 4 km/soat)
7.Teploxod A punktdan B punktga borishda dayo oqimi bo’ylab 5 soat sarfladi. B punktdan A punktga qaytishda 8 soat 20 minut sarfladi. Agar A dan B gacha bo’lgan masofa 100 km bo’lsa, teploxodning tezligini aniqlang.
Javob (16km/soat)
8.A,B,C punktlar daryo oqimi bo’ylab ko’rsatilgan tartibda joylashgan. A va B punktlar orasidagi masofa 4 km, B va C punktlar orasidagi masofa 14 km ga tengdir. Soat 1200 da B punktdan A punktga qarab qayiq jo’nadi. A punktga yetib kelib darhol orqasiga qaytdi va shu kunning o’zida soat 1400 da C punktga yetib keldi. Agar daryo oqimining tezligi 5 km/soat bo’lsa, qayiqning turg’un suvdagi tezligini aniqlang.
Javob (10 km/soat)
9. Kishi harakatsiz eskalatorda 4 minutda , harakatlanatotgan eskalatorda esa 48 sekundda yuqoriga ko’tariladi . Shu kishi harakatdagi eskalatorda to’xtab turgan holda necha minutda yuqoriga ko’tariladi ?
Javob (1 )
10.Yuk mashina 65 km/soat bilan, yengil mashina 80 km/soat bilan harakatlanmoqda. Yengil mashina yuk mashinaga 2 minutdan keyin yetib olishi uchun ular orasidagi masofa qancha bo’lishi kerak?
Javob: (500m)
11.Xonaning polidan shiftiga qarab ikkita o’rgimchak vertikal ravishda harakatlanmoqda. Ular xonaning shiftiga yetib so’ngra orqaga polgacha o’z izlaridan tushdi. Birinchi o’rgimchakning shiftgacha boorish tezligi va qaytish tezligi bir xildir. Ikkinchi o’rgimchakning shiftga borish tezligi birinchi o’rgimchakning tezligidan uch marta kichik, qaytish tezligi birinchi o’rgimchakning tezligidan uch marta katta bo’lsa, qaysi bir o’rgimchak tezroq shiftga borib qaytib polga tushadi?
Javob: ( birinchi o’rgimchak)
12.A shahardan B shaharga qarab piyoda yo’lga chiqdi. Bir vaqtning o’zida B shahardan A shaharga qarab velosipedchi yo’lga chiqdi. Ular uchrashgandan so’ng velosipedchi orqaga B shaharga qaytdi. B shaharga kelib ya’na orqaga qaytib piyoda bilan uchrashguncha yurdi. Velosipedchi bunday yurishni piyoda B shaharga yetib kelguncha qildi. Agar shaharlar orasidagi masofa 5 km , velosipedchining tezligi piyodaning tezligidan 2 marta katta bo’lsa, piyoda B shaharga kelguncha velosipedchi qancha masofani bosib o’tadi?
A)5 km B)15 km C)10 km D)8 km
13.Ikkita velosipedchi bir vaqtda A va B shaharlardan yo’lga chiqdi. Ular A shahardan 70 km masofada uchrashishdi. Uchrashgan joylaridan o’sha tezliklari bilan yo’lni davom ettirishdi va A, B shaharlarga kelib orqalarga qaytishdi. Ikkinchi marta ular B shahardan 90 km masofada uchrashishgan bo’lsa, A va B shaharlar orasidagi masofani toping.
Javob (120 km)
14. Paroxod A portdan B portga qarab yo’lga chiqdi va 5 sutkada yetib bordi. B portdan A portga qaytishda 7 sutkada yetib keldi. Sol daryo oqimi bo’ylab A portdan B portga qarab necha soatda yetib oladi?
Javob (35 sutka)
15. A va B shaharlar daryo yoqasida joylashgan bo’lib, ularning orasidagi masofa 10 km ga tengdir. Turg’un suvda va quruqlikda bir xil tezlik bilan harakatlana oladigan transport A shahardan B shaharga borib A shahahga qaytishda kam vaqt sarflaydimi yoki quruqlik bo’yichami harakatlangandami?
Javob ( quruqlik bo’yicha)
16. A,B,C,D shaharlar ko’rsatilgan tartibda bitta chiziqda joylashgan. Piyoda A shahardan D shaharga qarab 5 km/soat tezlik bilan yo’lga chiqdi. D shaharga kelib shu zahoti orqaga B shaharga qarab yo’lga chiqdi. Jami yo’lga 5 soat vaqt sarfladi. Agar A va C shaharlar orasida jami 3 soat vaqt sarflagan bo’lsa hamda A va B, B va C, C va D shaharlar orasidagi masofa ko’rsatilgan tartibda geometric progressiyani tashkil qilsa, B va C shaharlar orasidagi masofani aniqlang.
Javob (5 km)
17. Qayiq daryo oqimiga qarshi 22.5 km,oqim bo’yicha esa 28.5 km yurib,butun yo’lga 8 soat vaqt sarfladi.Oqimning tezligi 2.5 km/soat bo’lsa, qayiqning turg’un suvdagi tezligini toping.
Javob (7)
18. Ikki shahardan bir vaqtning o’zida turli tezlik bilan ikkita avtomobil bir-biriga qarab yo’lga chiqdi. Avtomobillarning har biri uchrashish joyigacha bo’lgan masofaning yarmini bosib o’tgandan keyin , haydovchilar tezlikni 1,5 baravar oshirishdi , natijada avtomobillar belgi-langan muddatdan 1 soat oldin uchrashishdi. Harakat boshlangandan necha soatdan keyin avtomobillar uchrashishdi ?
Javob (5 )
19.Anvar A shahardan B shaharga qarab, Abror esa B shahardan A shaharga qarab yo’lga chiqdi. Anvar 10 km yurgandan so’ng, uchrashish joyigacha bo’lgan masofa B shahargacha qolgan masofaning to’rtdan birini tashkil qiladi. Abror 20 km masofa yurgandan so’ng uchrashish joyigacha bo’lgan masofa A shahargacha qolgan masofaning uchdan birini tashkil qiladi. A shahar va B shaharlar orasidagi masofani toping.
Javob: (50 km )
20. Bir shahardan bir xil yo’nalishda uchta avtomobil yo’lga chiqdi. Birinchi avtomobil yo’lga chiqqanidan 10 minut o’tgandan ikkinchi avtomobil, ikkinchi avtomobil yo’lga chiqqanidan 20 minut o’tgandan keyin uchinchi avtomobil yo’lga chiqdi. Uchinchi avtomobil yo’lga chiqqanidan keyin 30 minut o’tib ikkinchi avtomobilni, ya’na 10 minutdan so’ng esa birinchi avtomobilni quvib yetdi. Ikkinchi avtomobil chiqqanidan necha minut o’tib birrinchi avtomobilni quvib yetadi.
Javob: (200 minut)
21. A va B nuqtalar bir xil yo’nalishda aylana bo’ylab harakatlanyapti. Agar A nuqta B nuqtaga nisbatan butun aylanani 10 sekund tezroq bosib o’tsa va ular har 12 minutda uchrashsa, A nuqta 1 sekundda aylananing qancha qismini bosib o’tadi.
A) B) C) D) aniqlab bo’lmaydi
22. A va B nuqtalar bir xil yo’nalishda aylana bo’ylab harakatlanyapti. Agar A nuqta B nuqtaga nisbatan butun aylanani 10 sekund tezroq bosib o’tsa va ular har 12 minutda uchrashsa, B nuqta 1 sekundda aylananing qancha qismini bosib o’tadi.
A) B) C) D) aniqlab bo’lmaydi
23. A shahardan B shaharga qarab mashina, B shahardan A shaharga qarab piyoda bir xil vaqtda yo’lga chiqdi va B shahardan 4 km masofada uchrashishdi. Mashina B shaharga yetib kelganda piyoda A shahardan 15 km masofada bo’lsa, A va B shaharlar orasidagi masofani toping.
A)24 km B)30 km C)20 km D)48 km
24. A va B portlardan mos ravishda ikkita tezliklari o’zgarmas bo’lgan A va B nomli paroxodlar bir-biriga qarab bir xil vaqtda yo’lga chiqdi. A nomli paroxod B portga B nomli paroxod bilan uchrashgandan keyin 16 soatda B nomli paroxod A portga A nomli paroxod bilan uchrashgandan keyin 25 soatda yetib kelgan bo’lsa , A nomli paroxod butun masofani necha soatda bosib o’tadi.
A) 36 soat B)45 soat C)24 soat D)12 soat
25. A shahardan B shaharga qarab ikki avtomobil bir xil vaqtda yo’lga chiqdi. Birinchi avtomobil butun yo’lni o’zgarmas tezlik bilan bosib o’tdi. Ikkinchi avtomobil yo’lning birinchi yarmini birinchi avtomobil tezligidan 5km/soat kam tezlik bilan, yo’lning ikkinchi yarmini birinchi avtomobil tezligidan 6km/soat ortiq tezlik bilan yurdi. Natijada B shaharga ikki avtomobil bir xil vaqtda yetib keldi. Ikkinchi avtomobil yo’lning birinchi yarmini qanday tezlik bilan bosib o’t gan?
A)55 B)60 C)66 D)80
26. Uzunligi 60 metr bo’lgan aylana bo’ylab bir xil yo’nalishda va bir xil vaqtda ikkita nuqta harakatlana boshladi.Nuqtalardan biri butun aylanani ikkinchi nuqtaga nisbatan 5 sekund tezroq bosib o’tadi. Bu nuqtalar har minutda uchrashsa, eng yuqori tezlikka ega nuqtaning tezligini toping.
A) 5 m/sek B)4 m/sek C)2 m/sek D)3 m/sek
27. Uzunligi 60 metr bo’lgan aylana bo’ylab bir xil yo’nalishda va bir xil vaqtda ikkita nuqta harakatlana boshladi.Nuqtalardan biri butun aylanani ikkinchi nuqtaga nisbatan 5 sekund tezroq bosib o’tadi. Bu nuqtalar har minutda uchrashsa, eng past tezlikka ega nuqta butun aylanani qancha sekundda bosib o’tadi?
A) 12 B)15 C)30 D)20
28. Bir turist A shahardan B shaharga qarab soat 6 da jo’nadi. Ikkinchi turist B shahardan A shaharga qarab soat 7 da jo’nadi. Ular soat 8 da uchrashishdi. Agar ikkinchi turist A shaharga yetib kelganidan 28 min o’tib birinchi turist B shaharga yetib kelgan bo’lsa, ikkinchi turistning tezligini birinchi turist tezligiga nisbatini toping.
A) 3:5 B)5:3 C)3:4 D)4:3
29. Aylanadagi harakatlanuvchi uchta A, B, C nomli nuqtalar harakat boshlanishidan avval ular aylanadagi turgan o’rni bo’yicha ABC muntazam uchburchakni hosil qiladi. Ular bir xil vaqtda va bir xil yo’nalishda harakatlana boshladi. A nuqta B nuqtani harakat boshlangandan 4 min. o’tib , C nuqtani esa harakat boshlangandan 5 min. o’tib quvib yetdi. Agar C nuqta B nuqtadan tezroq harakatlansa, C nuqta harakat boshlangandan qancha vaqt o’tib B nuqtaga yetib oladi?
A)3 min 20 sek B)3 min 30 sek C)3 min D)2 min
30. Yuk poyezdi A shahardan B shaharga qarab
jo‘nadi. Oradan 3 soat o‘tgach, A shahardan B shaharga qarab,yo‘lovchi poyezdi yo‘lga chiqdi va oradan 15 soat o‘tgach, yuk poyezdidan 300 km o‘zib ketdi. Agar yo‘lovchi poyezdining tezligi
yuk poyezdining tezligidan 30 km/soat ortiq bo‘lsa, yuk poyezdining tezligini toping.
Javob (50 km/soat)
31. A va D nuqtalar orasidagi masofa 75 km.
Velosiðedchi A nuqtadan D nuqtaga borishda AB masofani 20 km/soat, BC masofa ni 10 km/soat , CD masof ani 5 km/soat tezlik bilan 7 soatda, qaytishda esa DC masofani 15 km/soat, CB masofani 12 km/soat, BA masofani 10 km/soat
tezlik bilan 6 soat 40 minutda o‘tgan. AB, BC, CD masofalarni toping.
Javob (AB =40, BC =20 va CD =15)
32.Passajir A shahardan B shaharga borishda yo’lning birinchi yarmini avtobusda, ikkinchi yarmini yengil avtomobilda bosib o’tdi. Agar passajir A shahardan B shaharga borishda yo’lning butun qismini avtobusda bosib o’tganda edi 1,5 marta ko’p vaqt sarflagan bo’lardi. A shahardan B shaharga borishda yengil avtomobil sarflagan vaqtini avtobus sarflagan vaqtiga nisbatini toping.
33.A va B shaharlardan bir-biriga qarab ikkita avtobus yo’lga chiqdi. Birinchi avtobusning tezligi ikkinchi avtobusning tezligidan ikki marta katta bo’lib, butun yo’lni ikkinchi avtobusga nisbatan 1 soat tezroq bosib o’tadi. Agar ikkinchi avtobusning tezligi birinchi avtobusning tezligi kabi bo’lganda edi ularning uchrashuvlari qancha vaqt oldin bo’lgan bo’lardi?
Javob ( 10 min)
34. A punktdan tezligi a km/soat bo’lgan birinchi poygachi yo’lga chiqdi. 30 minut o’tib tezligi 1,25a km/soat bo’lgan ikkinchi poygachi yo’lga chiqdi. Tezligi 1,5a km/soat bo’lgan uchinchi poygachi ikkinchi poygachi bilan bir xil vaqtda birinchi poygachiga yetib olish uchun uchinchi poygachi birnchi poygachi harakatni boshlagandan so’ng qancha vaqt o’tib yo’lga chiqish kerak?
Javob (50 min)
35.Ikkita turist A shahardan B shaharga qarab bir xil vaqtda yo’lga chiqdi va birinchi turist ikkinchi turistdan har bir kilometrni 5 minut tezroq bosib o’tdi. Birinchi turist butun yo’lning 1/5 qismini bosib o’tgandan so’ng, A shaharga qaytdi va u yerda 10 minut bo’lib so’ngra B shaharga tomon ya’na yo’lga chiqdi. Natijada ikkita turist B shaharga bir xil vaqtda yetib keldi. Agar ikkinchi turist butun yo’lga 2,5 soat sarflagan bo’lsa, A shahardan B shahargacha bo’lgan masofani aniqlang.
Javob (10)
36. Ikkita turist A va B shaharlardan bir-biriga qarab yo’lga chiqdi hamda ular B dan 4 km masofada uchrashishdi. Ular yo’llarini davom ettirib A va B shaharlarga yetib kelib darhol orqalariga qaytishdi. Keyingi uchrashuv birinchi uchrashuvdan 1 soat o’tib, A dan 2 km masofada sodir bo’ldi. Turistlarning tezligini va shaharlar orasidagi masofani aniqlang.
Javob ( 1-12km/s, 2-8 km/s, 10 km)
37. Ikkita poyezd masofasi 60 km bo’lgan A va B shaharlardan bir xil vaqtda va bir xil yo’nalishda C shaharga qarab yo’lga chiqdi hamda C shaharga bir xil vaqtda yetib keldi. Agar ulardan biri tezligini 25 km/soatga, ikkinchisi esa 20 km/soatga oshirganida edi C shaharga 2 soat oldin bir xil vaqtda kelishgan bo’lardi. Poyezdlarning tezligni aniqlang.
Javob (50 km/soat, 40 km/soat)



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin