18
raqobatli ayirboshlash bilan qondirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir”.
1
Bu ta’rifda e’tibor uch asosiy tushuncha - ehtiyoj, tovar va ayriboshlashga
qaratiladi.
Ehtiyoj
tushunchasi xaridorning xulq-atvori va uni bir tovar yoki xizmatni
sotib olishga undagan sababni ifodalaydi;
tovar
konsepsiyasi harakat usullari, ishlab
chiqarish va ishlab chiqaruvchilarning tashkiloti bilan bog‘liq;
ayirboshlash
e’tiborni bozorga hamda talab va taklifning o‘zaro ta’sirlashuvini ta’minlovchi
mexanizmlarga jalb qiladi.
1.2. Kompaniyada marketingning roli
“Marketing” atamasi tom ma’noda bozor sari harakatlanish jarayoni ma’nosini
beradi, bu atama jarayonning ichki ikkiyoqlamalik xossasini to‘la ochib bera olmaydi
va marketingning “tahliliy” jihatiga nisbatan uning “faolroq” tomoniga ko‘ra ko‘proq
urg‘u beradi. Bu ikkiyoqlamalikni xarakterlash uchun “strategik” va “operasion”
marketing atamalaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: