• Основные стратегические варианты


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   169
Strategik marketing (1)

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Marketingga ta’rif bering. 
2.
Korxonada marketingning roli nimalardan iborat? 
3.
Marketing strategiyasi va strategik marketing deganda nimani tushunasiz? 
4.
Marketingni rejalashtirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
5.
Iste’mol tovarlari marketingi deganda nimani tushunasiz? 
6.
Marketing konsepsiyasining mazmuni nimadan iborat? 
7.
Operatsion marketingning asosiy maqsadi nima? 
8.
Firma va kompaniyalarda strategik va operasion marketingning qo‘llanilish 
farqini tushuntirib bering. 
9.
Passiv marketing, faol marketing va tashkiliy marketinglarning farqini 
ayting. 
10.
Sanoat marketingi va ijtimoiy marketingga ta’rif bering. 
 
 


33 
2 –BOB. MARKETING VA EHTIYOJLARNING QONDIRILISHI 
 
2.1. Inson ehtiyojlari 
 
Ehtiyoj tushunchasi shunday atamaki, uning ustida tinimsiz bahs boradi, 
chunki unda ba’zan axloq yoki mafkuraga asoslangan sub’ektiv fikrlash elementlari 
mavjuddir. 
Ehtiyoj biror narsani tanlashdan avval his qilinishi lozim. Buning ma’nosi 
shuki, mantiqan qaraganda, biror narsani afzal ko‘rish samarali tanlash jarayonidan 
avval yuz beradi. Agar shaxs tafakkur jihatdan etuk va aqlli bo‘lsa, uning xulq-
atvorini oldindan aytib berish mumkin bo‘ladi, chunki xulq-atvor oqilona hisob-
kitobning natijasi bo‘ladi. 
Ehtiyoj - individ shaxsining madaniy darajasiga asosan o‘ziga xos shaklga 
kirgan muhtojlikdir. 
F. Kotler
ehtiyojga 
“Hayot sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan va 
his qilinadigan qoniqmaslik holati”
deb ta’rif bergan edi. Bu mohiyat jihatdan asliy 
ehtiyojga berilgan ta’rifdir. Insonlarning turmush tarzini belgilab beruvchi 
tendensiyalarning har biriga mos keladigan asliy ehtiyojni tasavvur qilish mumkin, 
bunda ushbu tendensiyalar soni cheklangandir. SHuning uchun asliy ehtiyojni inson 
tabiati belgilaydi, va binobarin, jamiyat yoki marketing tomonidan vujudga 
keltirmaydi, u talab yuzaga kelishdan avval ham yashirin yoki ifodalangan holda 
mavjud bo‘ladi. 
F. Kotler ehtiyojlar, istaklar va talab o‘rtasidagi tafovutlarni o‘rnatadi. Istaklar 
ehtiyojlarni chuqurroq qondirishning maxsus vositalaridir. Asliy ehtiyojlar barqaror 
va kam sonli bo‘ladi, istaklar esa ko‘p bo‘lib, o‘zgarib turadi, ularga ijtimoiy kuchlar 
doim ta’sir qilib turadi. Istaklar sotib olish qobiliyati va xohishi bilan 
mustahkamlansa, maxsus tovarlarga bo‘lgan potensial talablarga aylanib boradi. 
Kotlerning fikricha, marketing istak va talablarga ta’sir qilishga urinadi hamda 
tovarning o‘ziga jalb qiluvchi va arzon bo‘lishini ta’minlaydi. Marketing ehtiyojlarni 
hosil qilmaydi; ehtiyoj marketologlar paydo bo‘lishidan avval ham bor edi. 
F. Kotler marketing iste’molchining ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni muayyan 


34 
rusumdagi avtomobil qondirishini aytib beradi. U ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni hosil 
qilmaydi, balki uni qondirish vositasini taklif qiladi deb ta’kidlagan. 
Ehtiyoj, istak va talabni ko‘pincha bir-biri bilan adashtirib yuborishadi, holbuki 
bu uch konsepsiya o‘rtasida jiddiy farqlar bor. Ammo marketingning ijtimoiy roli 
haqidagi bahsni yopishga bu tafovutlarning o‘zi kamlik qiladi. Ko‘rinib turibdiki, 
ehtiyojlar ilgaridan mavjud bo‘lsa-da, marketing ularga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Buning ustiga, xarid qilish qobiliyatining etarli bo‘lmaganligi uchun talabga 
aylantirib bo‘lmaydigan istaklarning hosil bo‘lishi iqtisodiyotdagi uzilishlar va 
emirishlarning muhim manbaidir. Marketing aynan shu narsa uchun bevosita 
javobgardir va aynan shu narsa uni qo‘llashda cheklashlar qo‘yish zarurligini 
izohlaydi. Ehtiyojlarni bir necha turlarini ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin