78
bozor esa
kengaymaydigan bozor
deb ataladi. Marketing faoliyatining yanada
kuchayib borishi etuklik bosqichiga etgan bozorning hajmiga ta’sir qilmaydi.
Shunday qilib, kengaymaydigan bozorda uning hajmi aniq belgilab qo‘yilgan
bo‘ladi. Savdo hajmining biror firma foydasiga salgina ortishi muqarrar ravishda
uning bozordagi ulushi ham ortishini anglatadi.
Bozor salohiyatining mohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar xususida
to‘xtalib o‘tamiz. Mahsulotga bo‘lgan umumiy talab xususiyati talabning o‘zgarishi
va talab hajmining o‘zgarishi singari, bozorning kengligi va undagi xaridorlar
ishtiyoqiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor talabi funksiyasi vositasida yalpi talab miqdori
tebranib turadi. YAlpi talab miqdori o‘z navbatida mamlakat, viloyat, tarmoq kabi
ko‘lamlarda, turlicha davr mobaynida o‘ziga xos o‘zgarish xususiyatlariga ega
bo‘ladi. Demak, yalpi talab o‘zining yuqori va quyi chegaralariga ega bo‘ladi. Jami
talabning yuqori chegarasini ifodalovchi miqdor bevosita bozor salohiyatini aks
ettiradi.
U holda
Dostları ilə paylaş: