90
korxonalar kiritiladi. Avtomobillarga bo‘lgan iste’mol talabining o‘zgarishi
ertami-kechmi detallarni ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan talabning o‘zgarishiga
aylanadi. Demak, pirovard talab evolyusiyasini sinchiklab kuzatish o‘z mahsulotiga
bo‘lgan talabni avvaldan ko‘ra bilishni istagan korxonalar uchun muhimdir.
Sanoat asbob-uskunalarga bo‘lgan talab.
Sanoat tovarlarining so‘nggi toifasi
- asbob-uskunalar, shu jumladan dastgohlar, prokat stanlar, korxonalar va ishlab
chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalardir. Gap uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlar to‘g‘risida borayotganligi tufayli, shunga o‘xshash iste’mol
tovarlaridagi kabi, birinchi marta sotib olinayotgan asbob-uskunalar bilan
almashtirilayotgan asbob-uskunalarni bir-biridan farqlash kerak. Asbob-uskunalarga
bo‘lgan birlamchi talab quyidagi omillarga bog‘liq:
-asbob-uskunalar bilan jihozlangan korxonalar soni (o‘lchamiga qarab);
-ishlab chiqarish quvvatlarining o‘sishi;
-yangi foydalanuvchilar soni (iste’mol darajasiga qarab);
-shu korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari.
Almashtirishga bo‘lgan talabni baholashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan
omillar: mavjud asbob-uskunalar miqdori;
-asbob-uskunalar parkining yoshiga ko‘ra tarkibi va uning texnologik darajasi;
mahsulotning xizmat muddatini taqsimlash (texnik va iqtisodiy eskirish); almashtirish
sur’ati; mahsulotning o‘rnini bosish effekti (yangi texnologiyalar); ishlab chiqarish
quvvatlarining kamayish samarasi.
Sanoat asbob-uskunalariga bo‘lgan talab bevosita mijoz-korxonalarning ishlab
chiqarish quvvatlariga bog‘liq bo‘ladi, va aynan mana shu bog‘liqlik sanoat
asbob-uskunalariga bo‘lgan talabning o‘zgarishini izohlaydi.
Dostları ilə paylaş: