• Основные стратегические варианты


konsentrik diversifikasiya



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169
Strategik marketing (1)

konsentrik diversifikasiya
- firmaning o‘z mahsulotlari ko‘lamini 
marketing nuqtai nazaridan safdosh, to‘ldiruvchi mahsulolar bilan boyitishi 
borasidagi urinishlarini anglatadi: masalan, faqat kitoblarni chop etish bilan 
shug‘ullanuvchi kompaniyaning jurnallarini chop etishni ham yo‘lga qo‘yishdi; 
b) 
gorizontal diversifikasiya
- tegishli firma mahsulotlari assortimentini 
iste’mol nuqtai nazaridan o‘xshash bo‘lmagan, ammo o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
mahsulotlar bilan boyitish borasidagi urinishlari tushuniladi; masalan: musiqa 
asboblari ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bolalar uchun musiqa maktabini tashkil 
etishi; 
v) 
konglomerat diversifikasiya
- firmaning mahsulot ko‘lamini texnologik, 
iste’mol, jihatdan umuman bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqarishga, 
sotishiga 
taalluqli 
bo‘lgan urinishlar tushuniladi. Masalan, farmasevtik 
kompaniyaning kompyuter dasturlari ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha rivojlanish 
xatti-harakatlari. 
Firmalar o‘sish yo‘nalishlari aynan bir yo‘nalishda amaliyotda namoyon 
bo‘lmaydi, ayrim SXZ uchun turlicha tarzda va ko‘lamda belgilanadi. Masalan, 
Germaniyaning BASF kompaniyasi nafaqat kino va fotografiya uchun mahsulotlar 
ishlab chiqaradi, balki qishloq xo‘jaligi uchun mineral moddalar ham ishlab 
chiqaradi va ularning tarkibini takomillashtirish bo‘yicha izlanishlarni tashkil etadi. 


135 
Bunga yana yorqin misol bo‘lib yirik yapon firmalarini keltirish mumkin. Jumladan, 
Mitsubisi, Toyota, Nissan
firmalari bir-biriga texnologik va iste’mol jihatidan ham 
umuman bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotish va ilmiy izlanish 
ishlarini amalga oshiradilar. Bunga asosiy sabablardan biri ushbu firmalarning 
tegishli sohalar va yo‘nalishlar bo‘yicha etarli tajriba to‘plaganligi, firma 
salohiyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuksak ahamiyat berganidir. Demak, 
istiqbolni yanada keng imkoniyatli faoliyat masshtabiga aylantirish uchun mumkin 
qadar diversifikasiya yo‘nalishida rivojlanishni tashkil etish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin