• Основные стратегические варианты


Xarid markazining tarkibi va roli



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169
Strategik marketing (1)

Xarid markazining tarkibi va roli.
Sanoat firmasida xaridga oid eng muhim 
qarorlar, odatda, xarid guruhi yoki xarid markazi deb ataladigan kishilar guruhi 
tomonidan qabul qilinadi. Xarid markazi xarid vazifalaridan ko‘zlangan maqsadlarni 
amalga oshirish uchun harakat qiladigan kishilardan tarkib topadi. Xarid markazining 
tarkibi qabul qilinayotgan qarorlarning muhimligiga qarab o‘zgarib turadi va bir yoki 
bir necha kishi bajaradigan beshta vazifani o‘z ichiga oladi. 
Xaridor - 
rasmiy huquqqa ega bo‘lib, muqobil savdo markalari va etkazib 
beruvchilarni tanlash uchun javobgardir, shuningdek, u xarid shartlarini aniqlash va 
shartnomalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun ham mas’uldir. Odatda, bunday 
funksiyalarni ta’minot menejeri bajaradi. 
Foydalanuvchi -
tovardan foydalanuvchi, masalan, ishlab chiqarish muhandisi 
yoki axborot xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mas’ul shaxsdir. Odatda, foydalanuvchilar 
xarid qilinadigan tovarlarni baholashda eng yaxshi imkoniyatlarga egadirlar. 
Nufuzli shaxs tovarlarni tavsiya qiladi, texnik talablarni va tanlash mezonlarini 
belgilaydi. Bu toifaga tadqiqotchi – muhandislar, konstruktorlar, ekspert va 
maslahatchilarni kiritish mumkin. 
Mahsulotlarni tanlashda yakuniy huquq va mas’uliyatlar qaror qabul qiluvchi 
shaxs zimmasiga yuklanadi. Muhim xaridlarda bu funksiyani firma rahbariyati 
amalga oshiradi. 

“Darvozabonlar” – 
guruhining axborot oqimlarini saralovchi va xarid 
jarayoniga bilvosita ta’sir ko‘rsata oluvchi a’zolardir.
 
Xarid markazining tarkibi xarid bosqichiga va qabul qilinayotgan qarorlarning 
murakkabligi va mavhumligiga qarab o‘zgarib turadi (2.1-jadvalga qarang). Bunda 
uch xil vaziyatni ko‘rsatish mumkin: 
- yangi vazifa. Buyurtmachi tashkilot uchun yangi bo‘lgan tovarlar sinfiga 
mansub yangi tovarni xarid qilish; 
- takroriy xaridning o‘zgarishi. Muammo va tovar ma’lum, ammo xarid 
vaziyatining ba’zi elementlari o‘zgargan; 
- takroriy xarid. Firma foydalanishda ma’lum bir tajribaga ega bo‘lgan, hech 
qanday o‘zgarishlarga uchramagan, ma’lum tovarni xarid qilish. 


53 
Dastlabki ikki holda xarid markazining funksiyalari to‘liq amalga oshiriladi. 
O‘z-o‘zidan ravshanki, etkazib beruvchi xarid jarayonining barcha ishtirokchilarini 
aniqlab olish muhimdir, chunki u kommunikasiya siyosatining maqsadlarini belgilab 
olishi lozim. SHuningdek, ushbu ishtirokchilarning o‘zaro qanday munosabatda 
bo‘lishini va ularning motivasiyasi qanday ekanligini aniqlash ham muhimdir. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin