59
umumiy tavsifnomalar hisobga olinadi. Iste’mol tovarlari uchun ko‘pincha yosh
guruhlari, qidirilayotgan foydalar, xulq-atvor yoki turmush tarzi kabi mezonlar talab
qilinadi. Ularni aniqlash esa mikrosegmentlashning vazifasidir.
Texnologiyalar.
Bu erda xilma-xil funksiyalarning bajarilishini ta’mirlovchi
“nou-xau” shaklidagi turli texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Masalan, uy-joylarning
shinamlik funksiyasi uchun bo‘yoqlar yoki gulqog‘ozlar, tovarlarni xalqaro tashishlar
uchun
avtomobil, havo, temir yoki dengiz yo‘llari, tomlarning suv o‘tkazmaslik
uchun bitum yoki plastmassa plyonkalar, tibbiy tashxis funksiyasi uchun rentgen
nurlari, ultratovush va kompyuter tomografiyasi va hokazolar.
Yuqorida
aytib
o‘tilgandek, texnologik mezonlar dinamik bo‘lib,
mukammalroq texnologiyalar vaqt o‘tishi bilan hozirgi ilg‘or texnologiyalarning
o‘rnini egallaydi. Buni tibbiy tashxisda
yadro magnit rezonansi, axborot uzatishda
elektron pochta, teletaypga nisbatan esa faks misolida ko‘rish mumkin.
Asosiy bozorning tuzilishi.
Bayon etilgan yondashuvdan foydalangan holda biz
uch xil tuzilmalarni: - “tovar bozori”, “bozor” va “sanoat tarmog‘i”ni farqlay olamiz.
Tovar bozori -
iste’molchilar guruhi va muayyan texnologiyaga asoslangan
funksiyalar majmuasining kesishmasida joylashgan;
Bozor -
iste’molchilarning bir guruhi va bir
funksiyani bajarish uchun
mo‘ljallangan texnologiyalar majmuasining qamrab oladi;
Sanoat tarmog‘i -
texnologiya bilan (u bilan bog‘liq funksiyalar yoki
iste’molchilar guruhidan qat’iy nazar) belgilanadi.
Bundan asosiy bozorga berish mumkin bo‘lgan va har biri o‘zining ustun
tomonlarini va kamchiliklariga bo‘lgan uch xil ta’rif kelib chiqadi.
“Sanoat tarmog‘i” tushunchasi an’anaviy tushuncha bo‘lib, ayni paytda u biz
uchun kamroq to‘g‘ri keladi,
chunki u bozor talabiga emas, taklifga yo‘naltirilgan.
Shu bilan birga, ko‘rinib turibdiki, u bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan xilma-
xil funksiyalar va iste’molchilar guruhlarini qamrab olishi mumkin.
Masalan, uy-jihozlari tarmog‘i qisqa to‘lqinli pechlar va dazmollar, ya’ni
xaridorlar xulq-atvori tavsifnomalari va o‘sish salohiyati nuqtai nazaridan qaraganda
mutlaqo turlicha bo‘lgan ikki tovarni o‘z ichiga olish kerak.
60
Binobarin, bu tushuncha ko‘rib chiqilayotgan funksiyalar va iste’molchilar
guruhi faqat yuqori darajada bir jinsli bo‘lgan taqdirdagina qiymatga egadir. SHuni
qayd qilib o‘tish lozimki, amaliyotda tarmoq konsepsiyasiga murojaat qilinishi
muqarrardir, chunki sanoat va xalqaro savdo sohasidagi statistik ma’lumotlarning
ko‘pchiligi aynan shu mezonga asoslangan.
“Bozor” tushunchasi asliy ehtiyoj konsepsiyasiga juda yaqindir va shu yo‘l
bilan bir funksiya uchun mo‘ljallangan turli texnologiyalarning bir-birining o‘rnini
bosa olishini ta’kidlaydi. Texnologik innovasiya bozorning
mavjud chegaralarini
mutlaqo o‘zgartirib yuborishi mumkin. Asosiy bozorning bunday ta’riflanishi
o‘rinbosar texnologiyalarni kuzatib borishni engillashtiradi. Bu erda asosiy
qiyinchilik shundaki, nazorat qilinishi kerak bo‘lgan texnologiyalar g‘oyatda xilma-
xil bo‘lishi va ayni paytda bir-biridan juda uzoq bo‘lishi mumkin.
Yana sanoat binolari va uy joylarning ichki bezaklariga qaytamiz.
Bu erda
gulqog‘ozlar, bo‘yoqlar va devoriy matolar muqobil texnologiyalardir. Gap bir xil
funksiyani bajaruvchi, ammo bir-biridan mutlaqo farq qiluvchi tarmoqlar to‘g‘risida
bormoqda.
“Bozor” tushunchasiga murojaat qilish strategik tahlilning yo‘nalishini
aniqlash, hamda tadqiqot ishlanmalarning yo‘nalishlarini tanlashda ayniqsa
muhimdir.
“Tovar bozori” tushunchasi eng katta marketing yo‘nalishiga egadir. U
strategik biznes-birlik tushunchasiga mos keladi hamda talab va taklifning voqelikka
juda yaqin darajada javob beradi. Bozorning bu ta’rifidan
tezkor ravishda
firmaning o‘z strategik hatti-harakatlaridagi to‘rt hal qiluvchi elementi kelib
chiqadi:
- ehtiyojlarni qoniqtirish kerak bo‘lgan xaridorlar;
- bu xaridorlar qidirayotgan foydalar to‘plami;
- engib o‘tish kerak bo‘lgan raqobatchilar;
- sotib olish va o‘zlashtirish kerak bo‘lgan resurslar.
Asosiy bozorning shu tarzda tovar bozorlariga ajratilishi bozorlarni tanlash
bo‘yicha qarorlar qabul qilish va tegishli tashkiliy tuzilma uchun asos bo‘lib xizmat
61
qiladi. Bu tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchilik ko‘pincha tegishli bozorning
kattaliklarini o‘lchash muammosidan iborat bo‘ladi: rasmiy statistik ma’lumotlar
bozorlarga emas, tarmoqlarga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: