50
qaror iste’mol xaridlariga xos bo‘lmagan rasmiylashtirish bosqichlarini ko‘zda tutadi.
Sanoat
tovarining tavsifnomalari, odatda mijozlar izlanayotgan tovarni aniq
tasavvur
qiladilar, talablar aniq qo‘yilgan bo‘ladi, tovar etkazib beruvchining
imkoniyatlari esa cheklangan bo‘ladi. Sanoat tovarlari
sanoat xaridorining ishlab
chiqarish jarayoniga kiritilgan bo‘lib, shu sababdan strategik ahamiyat kasb etadi.
2.8-rasm.
Sanoat xaridori “Xarid markazi” tarkibi
Sanoat tovarlari ko‘pincha turli maqsadlarda qo‘llaniladi, ular shu jihati bilan
har doim maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan iste’mol tovarlaridan farq qiladi.
Sanoat marketingining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, sanoat talabi
tushunchasi “sanoat zanjiri” tushunchasiga bog‘liqdir.
Sanoat zanjiri ishlab
chiqarishning barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi,
bu bosqichlar xom-ashyo
materiallari iste’molchining pirovard talabini qondirishga etkaziladi. Har bir firma
uchun tarmoqlar ierarxiyasi mavjud bo‘lib, ular firma uchun yo mijoz va yoki etkazib
beruvchi bo‘ladilar. Sanoat buyurtmachisining strategik kuchi birinchi navbatda o‘zi
a’zo bo‘lib turgan zanjirdagi pirovard bozorni oldindan
bilish va uni nazorat qila
olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z-o‘zidan tushunarliki, talab zanjiri bir qator hollarda bundan ko‘ra uzunroq
va murakkabroq bo‘lishi mumkin. Ushbu ro‘yxat to‘liq bo‘lmasa-da,
quyidagi
xususiyatlarni qayd etib o‘tish mumkin:
Sanoat
haridori
“Harid
markazi”
tarkibi
Tashabbuskor
Ta'sir
o'tkazuvchi
Qaror
qabul
qiluvchi
Xaridor
Foydalanuvchi
Tartibga
kelturuvchi