• Основные стратегические варианты


 Tovarning yashash davri va uning bosqichlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

9.3. Tovarning yashash davri va uning bosqichlari 
Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq 
etishga tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib 
kelishidan boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar bo‘lgan davrda 
amalga oshiriladigan tadbirlardan iborat konsepsiyadir. Birinchi marta 
tovarning yashash davri konsepsiyasini 1965-yili Teodor Levitt tomonidan 
e’lon qilingan. 
Tovarning yashash davri to‘rt turga ajratiladi: mahsulotning katta sinfi 
yashash davri, mahsulot turining yashash davri, qo‘llash usullarining yashash 
davri, mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soatni, 
mahsulot turiga esa qo‘l va osma soatlarni keltirish mumkin, qo‘llash 
usullariga ko‘ra esa qo‘ng‘iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish 
mumkin. 
Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to‘rtta turi o‘rganiladi, 
firma doirasida ikkinchi va uchinchi turlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi. 
Birinchisi shu sinfga mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda
to‘rtinchisi esa raqobatchi firmaning mavqeini aniqlash zarurati paydo 
bo‘lganda qo‘llaniladi. 


118 
Tovarning an’anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
ishlab chiqarish; 
kirib kelish; 
o‘sish; 
yetuklik; 
to‘yinish; 
inqiroz (kasodlik). 
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar 
bozorga kirib kelishning uzoq davrini boshidan kecharadi, boshqasi tezda 
kirib keladi, tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi. 
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni 
mahsulot sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir. 
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni utun hayotiy davrida 
muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali 
amalga oshirilsa, ya’ni loyihalashtirilayotgan tovar bo‘yicha bozor talabi va 
xaridor ehtiyojini firma vaqt bo‘yicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda 
xarajatlar shuncha kam bo‘ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq 
chiqadi va zarur foyda oladi. 
Kirib kelish bosqichi sotish hajmining g‘oyat keskin o‘sishi bilan ajralib 
turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo‘ladi. 
Savdo yuqori daromadli guruhlarga mo‘ljallanadi. Raqobatchilar juda 
ozchilikni tashkil etadi. 
Shunday qilib, bu davr kapital sarflar davri hisoblanadi, sarflar 
keyinchalik foyda keltirishi mumkin yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz 
kechiladigan bo‘lsa, ular to‘liq xarajatlar hisobiga o‘tkaziladi, ya’ni hisobdan 
chiqariladi. 
O‘sish davrida tovar sotish hajmi o‘sib boradi - iste’molchilar 
mahsulotni qabul qilgan va unga bo‘lgan talab ta’minlangan bo‘ladi. Har 
qanday mahsulot bu bosqichga yetib kelmaydi: ba’zilari bozorga kirib kelish 
davridayoq kasodga uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan 
to‘lib ketadi. Narxlar tobora arzonlashib boradi. 
Yetuklik bosqichi tovar aylanmasi ortishi, bozorning kengayishi davom 
etishi va mutlaq o‘sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar 
taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv 
raqobat hukm suradi. Yangi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularning 
assortiment guruhini kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat ko‘rsatish 
uslublarini kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali 
amalga oshiriladi. 


119 
Mahsulotni yetuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni 
modifikatsiyalash, 
tovarni 
modifikatsiyalash 
va 
marketing-miksni 
modifikatsiyalash hisoblanadi. 
To‘yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi. 
Sifatsiz va raqobatga bardosh berolmaydigan mahsulotlar bozordan siqib 
chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. To‘yinish davrida 
firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo‘yicha to‘liq 
sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi. 
Inqiroz davrida mahsulotning o‘tishi qiyinlashadi, foyda kamayadi, 
raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi 
«mahsulot tayyorlashni davom ettirishdan iborat» bo‘ladi, mahsulotni 
bozorga yetkazib berishni to‘xtatish haqida qat’iy qarorga kelgunga qadar 
undan olish mumkin bo‘lgan jami foydani undirib olish uchun shunday yo‘l 
tutiladi. Tovarning yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini 
rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin