Xalqaro birliklar tizimining kogerent hosilaviy birliklarini tuzish qoidalari
Xalqaro birliklar tizimining kogerent hosilaviy birliklari (keyinchalik hosilaviy birliklar) odatda kattaliklarni bog‘laydigan sonli koeffitsienti 1 ga teng bo‘lgan oddiy tenglamalar (aniqlaydigan tenglamalar) orqali tuziladi. Hosilaviy birliklarni hosil qilish kattaliklarni bog‘laydigan tenglamalarda kattaliklar belgilarini SI birliklarining belgilari bilan almashtirish orqali amalga oshiriladi.
Misol - Tezlik birligi mo‘g‘pu chiziqli va bir tekis harakatlanuvchi
bu yerda v - tezlik;
s -o‘tilgan yo‘lning uzunligi;
t - moddiy nuqtaning harakatdagi vaqti.
S va t o‘rniga ularning SI birliklari qo‘yilsa, quyidagi tenglama chiqadi:
[v]=[s]/[t]=1 m/s
Binobarin, SI tizimida tezlik birligi sekundiga metr. U, 1 s vaqtda nuqta 1 m masofaga siljiydigan to‘g‘ri chiziqli va bir tekis harakatlanuvchi moddiy nuqtaning tezligiga geng.
Agar bog‘lanish tenglamasi 1 dan farq qiluvchi son koeffitsientga ega bo‘lsa, unda SI kogerent hosila birligini hosil qilish uchun, SI birliklarining shunday son qiymatlari tanlab olinadiki, uni o‘ng qismidagi koeffitsientga ko‘paytirilishi natijasida umumiy son qiymati birga teng bo‘lishi kerak.
Misol - Agar energiya birligini hosil qilish uchun
tenglama ishlatilsa,
bu yerda Ye - kinetik energiya;
t - moddiy nuqta massasi;
v -moddiy nuqtaning harakatlanish tezligi,
u xolda SI tizimidagi kogerent energiyasining birligini hosil qilish uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi.
yoki
Shunday qilib, SI tizimida energiya birligi joul bo‘ladi (nyuton metrga teng). Ko‘rsatilgan misollarda u massasi 2 kg va harakat tezligi - 1 m/s yoki massasi 1 kg va harakat tezligi - m/s harakatlanuvchi jismning kinetik energiyasiga teng.
Dostları ilə paylaş: |