2-ma’ruza. Metrologik xizmat va metrologik ta’minot
Reja.
Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” bo‘yicha xalqaro tashkilotlar.
Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar.
Tayanch so‘zlar: Metrologik xizmat, metrologik ta’minot, ISO (ISO), MEK, MOZM, o‘lchashlar birliligi, etalon, standart namuna, metrologik nazorat, kalibrlash, litsenziya.
2.1. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot
O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:
o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.
Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:
o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish;
o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.
Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir:
Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir;
Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
Me’yoriy-qonuniy asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
Dostları ilə paylaş: |