­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə9/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Kattalikning sonli qiymati – kattalikning qiymatiga kiruvchi nomsiz son.
Parametr – berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik.
O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.
Kattalik o‘lchovi – o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi.
Etalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) – kattalikning o‘lchamini qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan va belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchashlar vositasi yoki o‘lchash vositalarining majmui.
Birlamchi etalon – birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa etalonlariga nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini ta’minlaydigan etalon.
Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalon.
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon.
Ikkilamchi etalon – birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon.
Nus’ha-etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
Ishchi etalon – birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon.
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.

Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin