Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon.
O‘lchashlar birliligi – o‘lchash natijalari rasmiylashtirilgan kattaliklar birliklarida ifodalangan va o‘lchashlar xatoligi berilgan ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda joylashgan o‘lchashlar holati.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash – O‘BT Qonunlar, shuningdek o‘lchashlarning birliligini ta’minlashga qaratilgan davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq o‘lchashlar birliligiga erishish va saqlashga qaratilgan metrologik xizmatlar faoliyati.
Metrologik xizmat – MX o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish va metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil etiladigan xizmat.
Davlat metrologik xizmati – Mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada bajaruvchi va davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Davlat boshqaruv idorasining metrologik xizmati – mazkur vazirlik (mahkama) doirasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va metrologik nazorat hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Yuridik shaxs metrologik xizmati – mazkur muassasa (tashkilot) da o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va metrologik tekshiruv hamda nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – davlatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi.
Metrologik tekshiruv – o‘lchash jarayoni elementlarini me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o‘z ichiga olgan vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
Metrologik nazorat – o‘lchash jarayoni elementlarining holati, ishlatilishi va o‘rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga oshirilganligini baholash uchun vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.