Xalqaro birliklar tizimi birliklarini o‘nli karrali va ulushli birliklarining nomlari va belgilarini hosil qilish qoidalari
SI ning o‘nli karrali va ulushli birliklarining nomlari va belgilanishi 4-jadvalda keltirilgan ko‘paytuvchi va old qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi.
4-jadval - SI ning o‘nli karrali va ulushli birliklarning nomlari va belgilanishini hosil qilish uchun foydalaniladigan ko‘paytuvchi va old qo‘shimchalar
O‘nli ko‘paytuvchi
|
Old qo‘shimcha
|
Old qo‘shimcha belgisi
|
O‘nli ko‘paytuvchi
|
Old qo‘shimcha
|
Old qo‘shimcha belgisi
|
1024
|
iota
|
Y
|
10-1
|
desi
|
d
|
1021
|
zetta
|
Z
|
10-2
|
santi
|
s
|
1018
|
eksa
|
Ye
|
10-3
|
milli
|
m
|
1015
|
peta
|
R
|
10-6
|
mikro
|
μ
|
1012
|
tera
|
T
|
10-9
|
nano
|
n
|
109
|
giga
|
G
|
10-12
|
piko
|
p
|
106
|
mega
|
M
|
10-15
|
femto
|
f
|
103
|
kilo
|
k
|
10‑18
|
atto
|
a
|
102
|
gekto
|
h
|
10-21
|
zepto
|
z
|
101
|
deka
|
da
|
10-24
|
iokto
|
y
|
Birlikning nomiga yoki belgisiga ikki yoki undan ko‘proq old ko‘shimchalarni ketma-ket qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, birlik nomi mikromikrofarad o‘rniga pikofarad yozilishi kerak.
Izohlar:
1. Asosiy birlikning nomi - kilogramm "kilo" old qo‘shimchasiga ega bo‘lganligi sababli massani karrali va ulushli birliklarini hosil qilish uchun massaning ulushli birligi – gramm (0,001 kg) ishlatiladi va old qo‘shimchalar "gramm" so‘ziga qo‘shilib yozilishi lozim, masalan, mikrokilogramm (µkg) o‘rniga milligramm (mg).
2. Massaning ulushli birligi - grammni old qo‘shimchasiz ishlatish ruxsat etiladi (birlikning belgisi - g).
Old qo‘shimcha yoki uning belgisi birlikning nomiga, yoki mos holda, belgisiga qo‘shib yozilishi lozim.
Agar birlik birliklar ko‘paytmasi yoki nisbati ko‘rinishida tuzilgan bo‘lsa, u holda old qo‘shimchani yoki uning belgisini ko‘paytma yoki nisbatga kiruvchi birinchi birlik nomiga yoki belgisiga ko‘shib yozish lozim.
Tug‘ri:
kilopaskal-sekunda taqsim metr
(kPa·s/m).
|
Noto‘g‘ri:
paskal-kilosekunda taqsim metr
(Pa·ks/m).
|
Asoslangan hollarda, bunday birliklar keng tarqalgan hollarda bandning birinchi qismiga muvofiq tuzilgan birliklarga o‘tish qiyin bo‘lsa, old qo‘shimchani ko‘paytmaning ikkinchi ko‘paytuvchisiga yoki nisbatning maxrajida ishlatilishiga ruxsat etiladi, yani masalan: tonna-kilometr (tkm), volt taqsim santimetr (V/cm), amper taqsim millimetr kvadrat (A/mm).
Darajaga ko‘tarilgan birlikning karrali va ulushli birliklar nomi old qo‘shimchani asosiy birlik nomiga qo‘shib yozish bilan hosil kilinadi Masalan, yuza birligining karrali yoki ulushli birligini hosil qilish uchun old qo‘shimchani asosiy birlik - metrga qo‘shish kerak: kilometrning kvadrati, santimetrning kvadrati va h.k.
Darajaga ko‘tarilgan birlik olingan karrali va ulushli birliklarining belgilarini shu daraja ko‘rsatkichini mazkur birlikdan olingan karra yoki ulush belgisiga qo‘shib tuzish lozim, shunda ko‘rsatgich karrali (yoki ulushli) birlikning (old qo‘shimcha bilan birga) darajaga ko‘tarilganligini ifodalaydi.
Misollar
1. 5 km2=5(103m)2=5106 m2
2. 250 cm3/s=250(10-2m)3/s=25010-6 m3/s
3. 0,002 cm-1=0,002(10-2 m)‑1=0,002100 m‑1=0,2 m-1
Kattaliklar kiymatini yozish uchun birliklarni xarflar bilan yoki maxsus belgilar (...°, ...', ...") bilan belgilash lozim.
Birliklarning harfli belgilari to‘g‘ri shrift bilan bosilishi kerak. Birliklar belgilarida nuqta qisqartirish belgisi sifatida qo‘yilmaydi.
Birliklarning belgilari kattaliklarning raqamli qiymatlaridan keyin shu satrda (boshqa satrga o‘tkazmasdan) joylashtirilishi lozim. Agar birlik belgisi oldidagi sonli qiymat egri chiziqli kasr ko‘rinishida bo‘lsa, u qavsga olinishi kerak.
Sonning oxirgi raqami va birlikning belgisi orasida bir harfli ochiq joy qoldirish lozim.
To‘g‘ri:
100 kW
80 %
20 °S
(1/60) s-1
|
Notug‘ri:
100kW
80%
20°S
l/60/s‑1.
|
Istesno hollarida satr ustiga ko‘tarilib qo‘yiladigan maxsus belgi va son o‘rtasida ochiq joy qoldirilmaydi.
To‘g‘ri:
20°.
|
Noto‘g‘ri:
20 °.
|
Kattalikning sonli qiymatida o‘nli kasr borligida birlikning belgisini hamma raqamlardan keyin joylashtirish lozim.
Tug‘ri:
423,06 m
5,758° yoki 5°45,48' yoki 5045'28,8".
|
Notug‘ri:
423 m 0,6
5°758 yoki 5°45',48 yoki 5°45'28",8.
|
Kattaliklar qiymatlari chegaraviy og‘ishlari bilan ko‘rsatilganda sonli qiymatlari chegaraviy olishlari bilan qavs ichiga olinishi lozim va birlikning belgisi qavsdan keyin qo‘yilishi lozim. Yoki birliklar belgisi kattalikning sonli kiymatidan keyin va uning chegaraviy og‘ishidan keyin qo‘yilishi lozim.
To‘g‘ri:
(100,0 ± 0,1) kg
50 g ± 1 g.
|
Noto‘g‘ri:
100,0 ±0,1 kg
50±1g.
|
Birliklar belgisini jadvalning ustun sarlavhalarida va satr nomlarida (yonboshlarida) qo‘llanilishiga yul qo‘yiladi.
1-misol
Nominal sarf, m3/h
|
Ko‘rsatuvlarning, yuqori chegarasi, t3
|
Rolikning oxirgi o‘ng tomonidagi bo‘linmasining qiymati, t3, ko‘pi bilan
|
40 va 60
|
100 000
|
0,002
|
100, 160, 250, 400, 600 va 1 000
|
1 000 000
|
0,02
|
2500, 4 000, 6000 va 10 000
|
10 000 000
|
0,2
|
2 - misol
Ko‘rsatkich nomi
|
Tortish quvvatidagi qiymati, kW
|
|
18
|
25
|
37
|
Tashqi o‘lchamlari, mm: uzunlik
Eni
Balandligi
Koliya, mm
Oraliq, mm
|
3080
1430
2 190
1090
275
|
3500
1 685
2745
1 340
640
|
4090
2395
2770
1 823
345
|
Birliklar belgilarini formuladagi kattaliklarning belgilariga berilgan izoxlarda qo‘llash ruxsat etiladi. Birliklar belgilarini kattaliklar o‘rtasidagi yoki ularning son qiymatlari o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalovchi harflar shaklida keltirilgan formulalar bilan bir satrda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘g‘ri.
v = 3,6 s/t,
bu yerda v — tezlik, km/h;
s - masofa, m;
t - vaqt, s.
|
Noto‘g‘ri:
v - 3,6 s/t km/h,
bu yerda
s - masofa, m,
t - vaqt, s.
|
Ko‘paytmaga kiruvchi birliklarning harfli belgilarini kupaytma belgilaridek o‘rta chizig‘iga qo‘yilgan nuktalar bilan ajratish lozim. Bu maqsadda «x» belgisidan foydalanish mumkin emas.
To‘g‘ri:
N·m
A·m2
Pa·s
|
Noto‘g‘ri:
Nm
Am2
Pas
|
Ko‘paytmaga kiruvchi birliklarning harfli belgilarini, agar bu anglashilmovchilikka olib kelmasa ochik joy qoldirib ajratishga yo‘l qo‘yiladi.
Birliklar nisbatining harfli belgilarida bo‘lish belgisi sifatida faqat bitta qiya yoki gorizontal chiziq ishlatilishi lozim. Birliklar belgisining ko‘paytmasi sifatida darajaga (musbat va manfiy) ko‘tarilgan birliklar belgisini qo‘llanilishi mumkin.
Nisbatga kiruvchi birlikning birontasiga manfiy daraja ko‘rinishida belgi kiritilgan bo‘lsa (masalan s-1, m‑1, K-1, s‑1) unda qiya yoki gorizontal chiziqni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘g‘ri:
W·m-2·K-1
|
Noto‘g‘ri:
W/m2/K
|
Qiya chiziq qo‘llanilganda suratdagi va maxrajdagi birliklar belgilarini bir satrda joylashtirish lozim, maxrajdagi birliklar belgilarining ko‘paytmasini qavs ichiga olish lozim.
To‘g‘ri:
m/s W/(m·K).
|
Noto‘g‘ri:
W/m·K.
|
Ikki va undan ortiq birliklardan tashkil topgan hosilaviy birlik ko‘rsatilganda birliklarning belgisini va nomlarini kombinatsiyalash yoki bir birliklarning belgisini, boshqalarning nomlarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘g‘ri:
80 km/h
80 kilometr soatiga .
|
Noto‘g‘ri:
80 km/soat
80 km soatiga.
|
Maxsus belgilar birikmalarini ...°, ...', ...", % va °/oo birliklarni harfli belgilari bilan birgalikda ishlatishga yo‘l qo‘yiladi, masalan, ...°/s.
Dostları ilə paylaş: |