­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə26/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi.
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Shkalali o‘lchash vositalari;

  2. Raqamli o‘lchash vositalari;

  3. O‘ziyozar o‘lchash vositalari.




4.1-rasm. O‘ziyozar asboblar
a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali o‘ziyozar asbob.
Takrorlash uchun savollar.

1. O‘lchashga ta’rif keltiring va uni izohlab bering.


2. O‘lchash ob’ektlariga misollar keltiring.
3. O‘lchashlarning qanday turlari bor. Ularga misollar keltiring.
4. O‘lchash usullariga izoh bering.
5. O‘lchov va o‘lchash asboblarining farqi qanday?

O‘lchov tarozilari







Laboratoriya termometri Zamonaviy termometrlar



a) Areometr b) Laktodensimetr



Электрон тарозилар

58

5-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat mezonlari. Metrologiyaning aksiomalari.




Reja.
5.1. O‘lchashlarning sifat mezonlari.
5.2. Metrologiyaning aksiomalari.
5.3. O‘lchash xatoliklari, ularning tabaqalanishi.


Tayanch so‘zlar: aniqlik, ishonchlilik, to‘g‘rilik, mos keluvchanlik, qaytaruvchanlik, o‘lchash xatoligi, muntazam xatolik, tasodifiy xatolik.

5.1. O‘lchashlarning sifat mezonlari


Har bir narsaning sifati bo‘lganligi kabi o‘lchashlarning ham sifati va uning mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi. Bu mezonlar qatoriga quyidagilar kiritilgan:


Aniqlik - bu mezon o‘lchash natijalarini kattalikning chinakam qiymatiga yaqinliligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda baholanadi. Masalan, agar o‘lchash xatoligi 10-3 bo‘lsa, uning aniqligi 103 bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo‘lsa, shunchalik, o‘lchash natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam bo‘ladi.
Ishonchlilik - o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa konkret holat uchun xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni ta’minlovchi o‘lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi.
To‘g‘rilik - o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.

59

Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin