­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə24/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Mos kelish usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini moslash.
Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya’ni o‘lchashni bajarish usuliyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha o‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi.
O‘lchanadigan kattalikning o‘lchash jarayonida o‘zgarish xarakteriga ko‘ra statik va dinamik o‘lchashlarga ajratiladi. Statik o‘lchash deganda qiymati o‘lchash jarayoni mobaynida o‘zgarmaydigan kattalikni o‘lchash tushuniladi. Bundan tashqari, davriy o‘zgaruvchan kattaliklarning turђun rejimidagi o‘lchashlar ham kiradi. Masalan, o‘zgaruvchan kattalikning amplituda, effektiv va boshqa qiymatlarini turђun rejimida o‘lchash.
Dinamik o‘lchashlarga qiymatlari o‘lchash jarayonida o‘zgarib turadigan kattaliklarni o‘lchashlar kiradi. Dinamik o‘lchashga vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan kattalikning oniy qiymatini o‘lchash misol bo‘la oladi.
Yuqorida ko‘rilgan o‘lchash usullaridan tubdan farq qiluvchi diskret o‘lchash usuli ham mavjud. Diskret o‘lchash usuli shundan iboratki, unda vaqt bo‘yicha uzluksiz o‘zgaradigan kattalik vaqt bo‘yicha diskretlanadi, miqdor bo‘yicha esa kvantlanadi yoki boshqacha qilib aytganda vaqt bo‘yicha uzluksiz o‘zgaradigan kattalik vaqtning ayrim momentlariga tegishli uzuq qiymatlariga o‘zgartiriladi.



X(t) – vaqt bo‘yicha uzluksiz o‘zgaradigan kattalikning o‘zgarish grafigi; Xk – kvant miqdorlari ya’ni o‘lchanadigan X=f(t) kattaligining t1, t2, t3, ……. tn momentlariga tegishli uzuq qiymatlari. Demak, diskret o‘lchash usuli bo‘yicha o‘lchanadigan kattalikning hamma qiymati (0  t) emas, balki, ayrim momentlarga tegishli qiymatigina ma’lum bo‘ladi. Diskretlash bu muayyan diskret (juda qisqa) vaqt oraliђida qadnomalarni olishdir. t1, t2, t3, ……. tn – diskretlash momentlari deyiladi va t1 t2 gacha oraliq diskretlash momentlari deyiladi. Kvantlash esa, X(t) kattalikning uzluksiz qiymatlarini Xk diskret qiymatlarining to‘plami (nabori) bilan almashtirishdir. O‘lchanadigan kattalikning uzluksiz qiymatlari muayyan tartiblar asosida kvantlash darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa, muayyan ketma-ketlikda ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat.
Uzluksiz o‘zgaruvchan kattalikning diskret usuli asosida uzuk diskret qiymatlariga, kodlarga o‘zgartirilishi asosan 3 xil usulda amalga oshiriladi. (1-rasm. a, b, v):
a) ketma-ket hisob usuli;
b) taqqoslash (solishtirish) usuli;
v) sanoq usuli;




Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin