Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning hosilaviy birliklari
SI ning hosilaviy birliklari SI ning kogerent hosilaviy birliklarini hosil qilish qoidalariga muvofiq keltirib chiqariladi. SI ning asosiy birliklaridan foydalanib keltirib chiqarilgan SI ning hosilaviy birliklarining namunalari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval – Nomlari va belgilari asosiy birliklar nomlaridan va belgilaridan tashkil topgan SI ning hosilaviy birliklar namunalari.
Kattalik
|
Birlik
|
Nomi
|
O‘lchamligi
|
Nomi
|
Belgisi
|
Maydon
|
L2
|
metrning kvadrati
|
m2
|
hajm, sig‘diruvchanlik
|
L3
|
metrning kubi
|
m 3
|
Tezlik
|
LT-1
|
sekundiga metr
|
m/s
|
Tezlanish
|
LT-2
|
metr taqsim sekundning kvadrati
|
m/s2
|
Zichlik
|
L-3M
|
kilogramm taqsim metrning kubi
|
kg/m3
|
To‘lqin son
|
L-1
|
metrning darajasi minus bir
|
m-1
|
Solishtirma xajm
|
L3M-1
|
metrning kubi taqsim kilogramm
|
m3/kg
|
Elektr tokining zichligi
|
L-2I
|
amper taqsim metrning kvadrati
|
A/m2
|
Magnit maydonning kuchlanganligi
|
L-1I
|
amper taqsim metr
|
A/m
|
Komponentning molyar konsentratsiyasi
|
L-3N
|
mol taqsim metrning kubi
|
mol/m3
|
Ravshanlik
|
L-2J
|
kandela taqsim metrning kvadrati
|
cd/m2
|
SI ning maxsus nomiga va belgilanishiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklari 3-jadvalda ko‘rsatilgan.
SI ning elektr va magnit kattaliklarining birliklarini elektromagnit maydoni tenglamalarini ratsionallashtirilgan shakliga muvofiq hosil qilish lozim. Bu tenglamalarga vakuumning magnit doimiyligi μ0 kiradi. Uni aniq qiymati 4π10-7 H/m yoki 12,566 370 614...-10-7 H/m (aniq).
O‘lchovlar va tarozilar XVII Bosh konfernsiyasining - O‘TBK (1983 y.) qarorlariga muvofiq uzunlik birligi - metrni yangi ta’rifi bo‘yicha, tekis elektromagnit to‘lqinlarining vakuumda tarqalish tezligini qiymati s0 - 299792458 m/s (aniq) ga teng deb qabul qilingan.
Bu tenglamaga shuningdek qiymati 8,854187817 10-12 F/m teng deb qabul qilingan vakuumning elektrik doimiyligi ε0 kiradi.
Elektr birliklari o‘lchamlarining anikligini Djozefson effekti va Xoll kvant effekti asosida oshirish maqsadida O‘lchovlar va tarozilar xalqaro komiteti (O‘TXK) tomonidan 1990 yil 1 yanvaridan boshlab Djozefson konstantasining shartli qiymati Kj-90 = 4,835791014 Hz/V (aniq) [O‘TXK 1 - tavsiyasi, 1988 y] va Klitsing konstantasini shartli qiymati Rk-90 = 25812,807 Ω (aniq) [O‘TXK, 2- tavsiyasi, 1988 y] deb kiritildi.
Izoh - O‘TXK ning 1 va 2 tavsiyalari elektr yurituvchi kuch birligi volt va elektr qarshilik birligi – Om ta’rifi Xalqaro birliklar tizimida qayta ko‘rib chiqilgan degan ma’noni bildirmaydi.
Xalqaro birliklar tizimini 1960 yili O‘lchovlar va tarozilar XI Bosh konferensiyasida qabul qilishda uchta birliklar sinfi kirar edi: asosiy, hosilaviy va qo‘shimcha (radian va steradian). O‘TBK radian va steradian birligini «qo‘shimcha» deb tasnifladi, uning asosiy yoki hosilaviy ekanligi tug‘risidagi masalani ochiq qoldirdi. Bu birliklarning ikkilanma tushunishni bartaraf qilish maqsadida O‘lchovlar va tarozilar xalqaro komiteti 1980 yil (1 - tavsiya) qo‘shimcha SI birliklari sinfini o‘lchamsiz hosilaviy birliklar sinfi deb tushunishni qaror qildi, O‘TBK hosilaviy SI birliklari uchun ifodalarda ularni qo‘llash yoki qo‘llanmaslikni ochiq qoldirdi. 1995 yil XX O‘TBK (8-qaror) SI dan qo‘shimcha birliklar sinfini olib tashlashga, boshqa hosilaviy SI birliklari uchun ifodalarda qo‘llanish yoki qo‘llanilmasligi mumkin bo‘lgan (zaruriyatga ko‘ra) radian va steradianni SI ning o‘lchamsiz hosilaviy birliklari deb atashga qaror qildi.
Dostları ilə paylaş: |