Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (YeOKK)
Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Yevropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) bo‘lib, uning birinchi konferensiyasi 1957 yilda chaqirilgan va shu yilning o‘zida uni nizomi ham tasdiqlandi.
Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi (ILAK)
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarni aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO/MEK Rukovodstvo 2.86) o‘tkazishga huquq berishdan iborat.
2.3. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar 1
Metrologiyada bot-bot ishlatiladigan ayrim tushunchalar quyidagilardan iborat:
Metrologiya – o‘lchashlar, ularning birliligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan.
Nazariy metrologiya – metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab chiqish predmeti bo‘lgan sohasidagi metrologiya bo‘limi.
Qonunlashtiruvchi metrologiya – metrologiya bo‘yicha milliy idora faoliyatiga qarashli va birliklar, o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va o‘lchash laboratoriyalariga davlat talablarini o‘z ichiga olgan metrologiya qismi.
Amaliy metrologiya – nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amaliy qo‘llanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi metrologiya bo‘limi.
Kattalik – sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir.
O‘lchanadigan kattalik – o‘lchash vazifasining asosiy maqsadiga muvofiq o‘lchanishi lozim bo‘lgan, o‘lchanadigan yoki o‘lchangan kattalik.
Kattalik o‘lchami – muayyan miqdoriy ob’ekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Kattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.
Dostları ilə paylaş: |