Umumiy qoidalar Metodlar yaroqliligini baholash Izoh - Bu yerda va bundan keyin metod (metodlar) deyilganda o‘lchashlarni bajarish metodikalari va sinovlar metodikalari tushuniladi.
Amaliyotda eskirgan o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan aniq maqsadning metodlarini ko‘proq ularning yaroqliligini baholash bo‘yicha tadqiqotlar jarayonida belgilanadi.
Bunday tadqiqotlarning natijalari metodlarning umumiy tavsifnoma-lari bo‘yicha ham, unga ta’sir etuvchi alohida faktorlar bo‘yicha ham axborot beradi va bu axborotdan noaniqlikni baholashda foydalanish mumkin.
Izoh - Metodlar yaroqliligini baholash (validation of methods) chet elda qabul qilingan o‘lchashlar sifatini ta’minlash tizimining muhim tashkil etuvchisi bo‘lib hisoblanadi. «Validation» atamasi tegishli tushunchalarning turli mazmuni sababli milliy metrologiyada qabul qilingan «attestatlash» atamasi bilan teng ma’noga ega emas. Qonuniy metrologiya protsedurasi sifatida amalga oshiriladigan metodikalarni attestatlash metodikaning unga qo‘yilgan metrologik talablarga muvofiqligini o‘rnatishni maqsad qilib qo‘yadi. Bunda diqqat markazida olingan natijalar xatoliklarining tavsifnomalari bo‘ladi. Metodning yaroqliligini baholash odatda samaradorlikning qator ko‘rsatkich-larini belgilashdan (topish va aniqlash chegarasi, selektivlik/spesifiklik, yaqinlashish va qayta ishlab chiqarish, barqarorlik va boshqalar) va ular asosida aniq o‘lchash masalasini yechish uchun metodning yaroqliligini muhokama qilishdan iborat bo‘ladi. Yaroqlilikni baholash bo‘yicha tadqiqotlar natijalaridan noaniqlikni (xatolik tavsifnomalarini) topishda foydalanish mumkin.
Metodning yaroqliligini baholash bo‘yicha tadkiqotlar samaradorlikning umumiy ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadiga egadir. Ularni metodni ishlab chiqish va uning laboratoriyalararo tadqiqoti jarayonida yoki ichki laboratoriya tadqiqoti dasturiga rioya etgan holda belgilaydilar. Xatolikning yoki noaniqlikning alohida manbalari odatda presizionlikning umumiy tavsiflari bilan solishtirilganda ahamiyatliroq bo‘lganidagina ko‘rib chiqiladi. Bunda tirgak tahlil natijalariga tegishli tuzatishlarni kiritishdan ko‘ra, muhim samaralarning aniqlanishi va yo‘qotilishiga qilinadi. Bu potensial muhim ta’sir o‘tkazuvchi faktorlar umumiy presizionlik bilan solishtirilganda ahamiyatlilikka belgilanganda, tekshirilganda bu faktorlarga e’toborsizlik bilan qarash holatiga olib keladi. Bu sharoitlarda tadqiqotchilar ko‘pchilik tartibli samaralarning ahamiyatsizligi isboti va qolgan ahamiyatli samaralarning ba’zi baholanishlari bilan bir qatorda umumiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishadilar.
Metodlar yaroqliligini baholash bo‘yicha tadqiqotlar odatda quyida-gi tavsifnomalarning ba’zilari yoki barchasining aniqlanishini o‘z ichiga oladi:
Presizionlik Presizionlikning asosiy tavsifnomalari yaqinlashish va qayta ishlab chiqarishning standart og‘ishlarini (GOST ISO 3534-1 va GOST ISO 5725-2), shuningdek oraliq presizionlikni (GOST ISO 3534-3) o‘z ichiga oladi. Yaqinlashish laboratoriyada, qisqa vaqt oralig‘ida bitta operator tomonidan, bir nus’hadagi uskunada kuzatilgan o‘zgaruvchanlikni tavsiflaydi va uni ushbu laboratoriya chegarasida yoki laboratoriyalararo tadqiqotlar doirasida baholash mumkin. Muayyan metod uchun qayta ishlab chiqarishning standart og‘ishini bevosita laboratoriyalararo tadqiqotlar yordamida baholash mumkin va u xuddi shu namunani bir necha laboratoriyalarda tahlil qilinganda natijalar o‘zgaruvchanligini tavsiflaydi. Oraliq presizionlik bir yoki ko‘prok faktorlar, jumladan vaqt, uskuna yoki bitta laboratoriya chegarasidagi operator o‘zgarganida kuzatiladigan natijalar variatsiyasini tavsiflaydi; bunda qaysi faktorlar muttasil turishidan qat’iy nazar turli ko‘rsatkichlarga erishadilar. Oraliq presizionlikni ko‘proq bitta laboratoriya doirasida baholaydilar, lekin uni laboratoriyalararo tadqiqotlar yordamida belgilash mumkin. Analitik metodikaning presizionligi u alohida dispersiyalarni jamlash orqali yoki metodikani to‘liq tadqiqot qilish yo‘li bilan aniqlanishidan kat’iy nazar umumiy noaniqlikning muhim tashkil etuvchisi bo‘lib hisoblanadi.
Siljish Qo‘llanilayotgan metodga bog‘liq bo‘lgan siljish odatda solishtirishning munosib namunalarini yoki ma’lum qo‘shimchali namunalarni o‘lchash yordamida belgilanadi. Muvofiq tayanch qiymatlarga tegishli umumiy siljishni aniklash qabul qilingan etalonlarga kuzatib borishni belgilashda muhimdir. Siljishni ajratib olish (kutilgan qiymatga bo‘lingan kuzatilgan qiymat) ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Analitikning vazifasi siljishga e’tibor bermasdan qarash yoki unga tuzatish kiritishni ko‘rsatishdan iboratdir, lekin har qanday holda ham siljishni belgilash bilan bog‘liq noaniqlik umumiy noaniqlikning ajralmas tashkil etuvchisi bo‘lib qoladi.