9.2.5. Induksion o‘lchash asboblari
Induksion o‘lchash mexanizmlari bir yoki bir nechta qo‘zg‘almas elektromagnitdan va qo‘zg‘aluvchan qismi alyumindan ishlangan diskdan iborat bo‘ladi. 9.8-rasmda ikki oqimli induksion mexanizm ko‘rsatilgan.
Disk yuzasiga perpendikulyar yo‘nalgan o‘zgaruvchan magnit oqimlar uni kesib o‘tishi natijasida uyurma toklar induktivlaydi. O‘zgaruvchan magnit oqimlari diskdagi induktivlangan toklar bilan o‘zaro ta’siridan qo‘zg‘aluvchan qismi aylanadi.
Induksion mexanizmlar qo‘zg‘aluvchan qismini kesib o‘tuvchi oqimlar soni bo‘yicha bir oqimli va ko‘p oqimli mexanizmlarga bo‘linadi.
9.8-rasm.
O‘lchash texnikasida ko‘proq ko‘p oqimli mexanizmlar ishlatiladi. Elektromagnit 1 va 2 cho‘lg‘amlaridan o‘tadigan I1 va I2 toklar elektromagnit o‘zaklari bo‘ylab yo‘nalgan F1 va F2 oqimlarini hosil qiladi. F1 va F2 oqimlar diskni kesib o‘tishi natijasida Ye1 va Ye2 - EYuK larini induktivlaydi.
O‘zgaruvchan magnit oqimi F1 va shu oqim diskni kesib o‘tishi natijasida induktivlangan uyurma tokni o‘zaro ta’siridan hosil bo‘lgan aylantiruvchi momentning oniy qiymati quyidagicha ifodalanadi:
, (9.21)
bu yerda, s – proporsionallik koeffitsienti. Induksion mexanizmning qo‘zg‘aluvchan qismi aylantiruvchi momentning o‘rtacha qiymati ta’siridangina xarakatga keladi, ya’ni
(9.22)
Ikki oqimli induksion mexanizmlarning ko‘zg‘aluvchan qismi F1 va F2 oqimlaridan hosil bo‘luvchi ikkita momentlarning summasi ta’sirida aylanadi va u quyidagicha ifodalanadi:
(9.23)
bu yerda s - proporsionallik koeffitsienti, f – oqimlarning o‘zgarish chastotasi; F1, F2 - o‘zgaruvchan magnit oqimlar; φ - F1 va F2 oqimlar orasidagi faza farqi.
Yuqorida keltirilgan (9.23) ifoda ikki va ko‘p oqimli induksion o‘lchash mexanizmlari uchun umumiy aylantiruvchi moment ifodasi hisoblanadi.
Induksion mexanizmlarda aylantiruvchi moment hosil bo‘lishi uchun kamida ikkita yoki ikki tashkil etuvchidan iborat bitta, faza jahatidan bir-biridan farq qiluvchi va bir-biriga nisbatan uzoqroq joylashgan o‘zgaruvchan magnit oqimlari bo‘lishi kerak.
O‘zgaruvchan magnit oqimlar orasidagi faza farqi 900 ga teng bo‘lganida aylantiruvchi moment o‘zining maksimal qiymatiga yetadi.
Aylantiruvchi moment o‘zgaruvchan tok chastotasiga bog‘liqdir.
Induksion tizimli o‘lchash mexanizmlari asosan quvvat o‘lchashda - vattmetr, elektr energiyasini hisoblashda – hisoblagich (schotchik) sifatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |