­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Kombinatsiyalangan raqamli o‘lchash asboblari



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə55/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

10.2. Kombinatsiyalangan raqamli o‘lchash asboblari

Hozirgi zamon elektronikasining elementlar bazasi keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan raqamli o‘lchash asboblarini yaratishga imkon beradi.


Kombinatsiyalangan raqamli asboblar (KRA) ning asosiy qismi integrallovchi xossaga ega o‘zgarmas tok kuchaytirgichidan iborat. Kombinatsiyalangan raqamli asboblarning kirish qismiga o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi, qarshilik, induktivlik va siђimni kuchlanishga o‘zgartiruvchi o‘zgartkichlar ulanadi.
10.2-rasmda rezistor qarshiligini o‘lchovchi raqamli asbob sxemasi keltirilgan bo‘lib, Rx kuchaytirgich K ning manfiy teskari boђlanish zanjiriga ulanadi. Kuchaytirgichni kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti juda katta bo‘lgani uchun rezistor Rx kuchaytirgichga ulanganda kuchaytirgichning chiqish qismida kuchlanish hosil bo‘ladi. Kuchaytirgichning kirish qismidan o‘tuvchi tok kichik bo‘lganligi tufayli asosiy tok Rx rezistor qarshilik orqali o‘tadi.



Shuning uchun kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi:


Uchiq = IRx
bo‘ladi. Kombinatsiyalangan ShCh-4313 rusumli raqamli asboblar 5 mV dan 500 V gacha o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishni, 5 A dan 500 mA gacha o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokni, 50 Om dan 5000 kOm gacha qarshilikni o‘lchashga mo‘ljallangan. Yuqoridagi qayd etilgan parametrlarni 45-20000 Hz chastota diapazonida o‘lchash mumkin. Bu asbobning oђirligi 3kg, gabarit o‘lchamlari 300x70x300 mm. bo‘lib, u 220 V o‘zgaruvchan kuchlanishli tarmoqdan yoki 17,5 V li avtonom manbadan ta’minlanadi.


10.3. Mikroprotsessor bilan boshqariladigan raqamli o‘lchash asboblari

Raqamli o‘lchash asboblari tarkibida mikroprotsessorni qo‘llash o‘lchash jarayonini soddalashtiradi, ularni qiyoslashni va kalibrlashni avtomatlashtiradi, o‘lchash natijalariga (axborotiga) statistik ishlov beradi va asboblarning metrologik xarakteristikalarini yaxshilaydi.


10.3-rasmda raqamli mikroprotsessorli voltmetrni sxemasi keltirilgan.


10.3-расм Раšамли микропроцессорли вольтметр схемаси.


Raqamli mikroprotsessorli voltmetrning kirish bloki masshtabli o‘zgartkich (MO‘)dan iborat bo‘lib, u bir yo‘la o‘zgaruvchan (Ux) kuchlanishni o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartiradi. Keyin esa o‘zgarmas tok kuchlanishi analog – raqamli o‘zgartkich (ARO‘) ga beriladi va u yerda raqam shakliga keltiriladi. Hozirgi zamon mikroprotsessorli asboblarda ARO‘ larning ikki bosqichda integrallaydigan turlari keng tarqalgan.


Kirish kuchlanishiga proporsional bo‘lgan ma’lum ketma – ketlikdagi impulslar soni ARO‘dan mikroprotsessorning (MP) interfeysiga uzatiladi. Masshtabli o‘zgartkich (MO‘) va mikroprotsessor (MP) lar o‘zaro tokli impuls orqali boђlanadi.
Mikroprotsessor integrallash jarayonini boshqaradi va raqamli axborotni raqamli displeyga (RD) chiqarib beradi. Raqamli displey (RD) o‘lchangan kattalikni va unga tegishli matnli axborotni ham yozib chiqaradi.
Mikroprotsessorli voltmetrlar ko‘p dasturli asboblar hisoblanib, ular yordamida o‘lchangan kattaliklar ustida barcha arifmetik va algebraik amallarni, o‘rtacha kvadratik chetlanish (oђish), dispersiya, matematik kutilishlarni hisoblash hamda xotirlash amallarini bajarish mumkin.
Hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqariladigan Sh 1531. Sh 1612. V7–39, V7-40 rusumli hamda Germaniyada ishlab chiqariladigan 7055, 7065 turdagi mikroprotsessorli voltmetrlar keng ko‘lamda ishlatilmoqda.

Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin