­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə80/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

1. Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish:
O‘z SMT doirasida mahsulotni sertifikatlashtirish-ni o‘tkazish uchun yurtimiz yoki chet el so‘rovchisi buyurtmani bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun akkreditlangan tegishli SI ga yuboriladi.
Buyurtma bilan birgalikda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi, mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot), gigienik sertifikat ilova qilinadi.
Buyurtma beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigienik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga buyurtma berilgan taqdirda gigienik sertifikat nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi (u mavjud bo‘lganda);

  • mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);

  • O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schot-faktura) nusxasi.

Mazkur mahsulotlarining SI bir nechta bo‘lgan holda, so‘rovchi buyurtmani ulardan xohlaganiga yuborishi mumkin.
So‘rovchida bunday idora haqida axboroti yo‘q bo‘lganida va u manfaatdor bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi haqidagi axborotni SMI yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin.
SI buyurtmani ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tahlil qiladi hamda uni olgandan boshlab 2 kundan kechiktirmay so‘rovchiga muayyan bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirishni belgilangan tartibiga asoslangan sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartnomani o‘z ichiga olgan, shu jumladan, o‘tkaziladigan sertifikatlashtirishga muvofiq keladigan sertifikatlash-tirish sxemasi va kerak bo‘ladigan MH ko‘rsatilgan Qaror to‘g‘risida xabar beradi.
Qarorda, shuningdek sinovlarni o‘tkazadigan akkreditlangan sinov laboratoriyasi va sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirilishi kim tomonidan o‘tkazilishi (agarda bu sertifikatlashtirish sxemasi bilan mo‘ljallangan bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Tez buziladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish buyurtmasi, kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va u bo‘yicha qabul qilingan qaror, so‘rovchiga, murojaat qilingan kunning o‘zida xabar qilinadi.
Import mahsulotlarni majburiy sertifikatlashti-rishni o‘tkazish muddati, “Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan tovarlarni (mahsulotlarni) O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish va uning hududidan olib chiqib ketish tartibi» to‘g‘risidagi qo‘llanmada aniqlangan.

Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin