Xulosa
1. Statistik ko‘rsatkichlar ommaviy hodisa va jarayonlar haqida axborotlar beradi,
ularning istiqbol dasturlarini ishlab chiqish uchun zamin yaratadi va ularni amalga
oshirish ustidan kuchli qurol hisoblanadi. Ulug‘ nemis yozuvchisi, shoiri va
mutafakkiri I.V.Gyote abadiy ko‘z yumishidan ikki yil oldin o‘z kotibasi Ekkermann
bilan suhbatda: «Aytmishlarki, sonlar go‘yo olamni boshqaradi. Ammo aminmanki,
sonlar olam qanday boshqarilayotganini o‘rgatadi». -degan edi.
Rossiyada birinchi marotaba chop etilgan statistika darsligining muallifi K.F.German
(1762-1838) o‘z kitobida yozgan edi: ’’Statistika yaxshilikni ham,
yomonlikni ham oshkor etuvchi darakchi va hukumat nazoratchisidir’’. Haqiqatda
ham safsatavoz nutqlar yoki reklama xabarlariga tayanib emas, balki ishonchli aniq
statistik ko‘rsatkichlarga asoslanib, xalq ayrim rahbarlarning faoliyatini baholashi
mumkin va kerak.
2.Ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda statistik ko‘rsatkichlar qo‘yidagi funksiyalarni
bajaradi:
-o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni miqdoriy ifodalash va baholash, ya’ni
o‘lchash funksiyasi;
-ularning muhim tomonlariga e’tiborni jalb qilish,yuzaki tomonlarini soqit
qilish,ya’ni umumlashtirish funksiyasi;
-hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tavsiflash va qonuniyatlarni miqdoriy
ifodalash, ya’ni analitik funksiya;
-axborotlarni ommalashtirish, ya’ni reklama funksiyasi;
3. Statistik ko‘rsatkichlar rang-barang bo‘lib, ular o‘rganilayotgan hodisa yoki
jarayonning turli jihatlarini ta’riflaydi. Hech qaysi ko‘rsatkich turi ustuvorlikka ega
emas,uning plyusi va minusi mavjud. Shu sababli iqtisodiy ijtimoiy tahlilda barcha
ko‘rsatkichlar majmui, ularning tizimi qo‘llanilishi kerak.
Adabiyotlar:
1.
N.M.Soatov, X.Nabiev, D.Nabiev, G.N.Tillaxo’jaeva. Statistika. Darslik. –
T.: TDIU, 2009. – 568 bet.
2.
X.Nabiyev, D.X.Nabiyev. Iqtisodiy statistika. Darslik. – T.: Aloqachi, 2009.
512 bet.
3.
Statistika: Uchebnik. / N.Umarov A. Abdullaev. R. Zulinova T-2009.
4.
Qishloq va suv xo’jaligi statistikasi. S. Ochilov. SH. Ergasheva T-2008
5.
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi. A.X. Ayubjonov T-2004
6.
Makroiqtisodiy statistika YO. Abdullaev T-1998
7.
A.X.SHoalimov, SH.A.Tojiboyeva. Iqtisodiy taxlil nazariyasi.Toshkent
“Iqtisodiyot” 2012y.
8.
SHodiyev va boshqalar. Statistika bo’yicha praktikum. Toshkent “Tafakkur
bo’stoni” 2012y.
9.
A.X.Ayubjonov, B.X.Mamatqulov, S.N.Sayfullaev.”Statistika fanidan amaliy
mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanma. Toshkent. “Iqtisodiyot-
2012
Dostları ilə paylaş: |