1. Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati
Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan
hodisalarni (ob’ektlarni, birliklarni) muhim belgilariga
asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga)
birlashtirish
yuritiladi.
Masalan,
aktsioner
kompaniyalarni dividend to’lash
darajasiga qarab
guruhlarga ajratish.
Agarda to’plangan ma’lumotlarni jamg’arib
umumiy ko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u
holda ular turli statistik
to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini
aniqlay olmaymiz.
Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni
umumlashtirish va
tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan
tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun
asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini
tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini
aniqlash ilmiy tartib-
qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy printsiplarni yaratgan, ular
ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat
Guruhlash belgilari qilib ko’zlangan
maqsad va vazifalar
nuqtai nazaridan muhim
belgilar ya’ni o’rganilayotgan hodisalarning tub
bog’lanishlarini ifodalovchi belgilar olinishi
kerak. SHu bilan
birga guruhlashni konkret
sharoitga
moslashtirish,
ya’ni
sharoit
o’zgarishiga qarab guruhlashni tuslantirib, uning
belgilarini o’zgartirish - bir sharoitda guruhlarni
bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga
mos keladigan belgilarga
tayanish zarur.
Statistik guruhlash -
Dostları ilə paylaş: