― pul va banklar


Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   266
pul va banklar (2)

12.4.Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi 
xususiyatlar. 

Markaziy banklar tuzilmasi va mustaqilligi borasidagi bizning kuzatuvlar 


shuni ko‗rsatmoqdaki, ohirgi yillarda mustaqillik o‗sishiga nisbatan ahamiyatli 
moyillik kuzatilmoqda. FRT deyarli barcha qolgan markaziy banklarga qaraganda, 
etarli darajada mustaqil hisoblanardi. Faqatgina Germaniya va Shveysariya 
banklari bundan istisno. Bugungi kunda Yevropa markaziy banki FRTga nisbatan 
ancha mustaqil. Angliya va Yaponiya banklari ko‗proq mustaqilikka ega bo‗ldilar, 
bu holat ularni FRT va Yangi Zelandiya, Shvetsiya va boshqa Yevropa 
davlatlarning markaziy banklari bilan bir qatorga joylashtirdi. Ham nazariya, ham 
tajriba tasdiqlagandek, ko‗proq darajada mustaqil bo‗lgan banklar samaraliroq 
monetar siyosatni amalga oshiradi.

Markaziy bankning o‗zini tutish sabablari 
Byurokratiya o‗zini tutishini baholashga bo‗lgan yondashuvlarning biriga 
asosan, byurokratik apparat jamiyatning manfaatlari uchun ishlaydi. Biroq, ayrim 
iqtisodchilar, byurokratik hulq-atvor nazariyasini ishlab chiqqan bo‗lib, bu 
nazariya byurokratiya faoliyatiga ta‘sir etuvchi boshqa omillarning mavjudligini 
nazarda tutadi. Byurokratiya boyligi hokimiyat darajasi va avtoritetga bog‗liq 
bo‗ladi. Bunday qilib, ushbu nazariyaga binoan, markaziy bankning hulq-atvorini 
belgilaydigan eng muhim omil – bu hokimiyatni kuchaytirish va avtoritetni 
ko‗tarishga intilish. Bu borada markaziy bankning o‗zini tutishi haqida nima desa 
bo‗ladi? Bir tomondan, Federal zahira, bankirlar va biznesmenlarning kuchli 
qo‗llab-quvvatlashiga asoslangan holda, o‗z avtonomiyasi uchun kurashadi, bunda 
Kongressning FRT byudjetini nazorat ostiga olishning yangi va yangi urinishlarini 
aks ettiradi. 
Boshqa tarafdan, FRT, uning avtonomiyasini buzishi mumkin bo‗lgan, 
nufuzli kuchlar bilan ortiqcha nizolashishdan yiroqda bo‗ladi. Ma‘lum 
bo‗lganidek, FRT etarli darajada sekin ravishda foiz stavkalarini ko‗taradi va iloji 
boricha muvaffaqiyatli tarzda ularning o‗zgarishini bildirmaslikka xarakat qiladi. 
Bunday hulq-atvorning sabablaridan biri shundaki – FRT prezident va Kongress 
bilan foiz stavkalarining o‗sishi borasida nizo kelib chiqishidan qo‗rqadi. SHu 
sababli ham, FRT faoliyati to‗liq tarzda oshkor qilinmagan. 
FRT ning iloji boricha ko‗prok hokimiyatga ega bo‗lish hohishi, shuningdek 
uning iloji boricha ko‗proq banklarni o‗z nazorati ostiga olishga intilish bilan 
tushuntiriladi. Ushbu jarayonning kulminatsiyasi – 1987 yilgacha barcha banklarni 
(nafaqat ularning a‘zolarini) FRT zahiraviy talablariga bo‗ysuntirgan 
qonunchilikning qabul qilinishi.
Byurokratik hulq-atvor nazariyasi FRT xarakatlariga nisbatan qo‗llanilishi 
mumkin, ammo uni e‘tibori faqat o‗z manfaatlariga qaratilgan tizim sifatida ko‗rib 
chiqish ham noto‗g‗ri. O‗z boyligining maksimizatsiyasi altruizmni inkor etmaydi. 
Albatta, FRT monetar siyosatini jamiyat manfaatlariga javob berish uchun amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin