― pul va banklar


FRS mustaqil bo‗lishi kerakmi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   266
pul va banklar (2)

 
FRS mustaqil bo‗lishi kerakmi 



Ko‗rib turganimizdek, FRT – AQSHdagi ko‗proq darajada mustaqil bo‗lgan 
davlat idoralaridan bittasi. Ayrim vaqtlarda Kongressda uning mustaqillik 
darajasini pasaytirish kerakmi, degan masala yuzasidan muhokamalar bo‗ladi. FRT 
ning o‗zini tutishini oqlamaydigan davlat arboblari odatda uning faoliyatini nazorat 
ostiga olishni taklif qiladi. Savollar yuzaga keladi: ―FRT mustaqil bo‗lishi 
kerakmi? Ehtimol, prezident yoki Kongress boshqaruvi ostidagi markaziy bank 
mavjud bo‗lgani yaxshimikan?‖ 
Mustaqillik foydasiga dalillar 
FRT mustaqilligining himoyasiga eng muhim bo‗lgan dalillardan biri – 
agarda u siyosiy bosimga bo‗ysunadigan bo‗lsa, bu inflyasion monetar siyosatga 
olib kelishi borasidagi dalil. Ko‗plab analitiklarning fikricha, demokratik 
jamiyatdagi siyosatchilar odatda uzoqni ko‗zlamaydilar, chunki ularning asosiy 
istagi - yaqin oradagi saylovlarda g‗olib chiqish. Ular uzoq muddatli tendensiyalar 
borasida qayg‗urmaydilar, ular muammoning echimini qisqa muddatli davr 
mobaynida ko‗radilar. 
Yuqorida bayon etilgan dalillarning varianti – AQSHdagi siyosiy jarayon 
ishbilarmonlik faolligining siyosiy siklini yuzaga keltirishini tasdiqlash:
 
bevosita 
saylovdan oldin ekspansion siyosat o‗tkazilib, uning asosiy maqsadi ishsizlik va 
foiz stavkalarini pasaytirish.Saylovdan keyin ushbu siyosatning salbiy natijalari 
yuzaga keladi – bu yuqori Inflatsiya va yuqori foiz stavkalari, bu esa o‗z o‗rnida 
qat‘iy monetar siyosatning zarurligiga olib keladi. Hukumat aholi ushbu ko‗ngilsiz 
davrni keyingi saylovgacha esidan chiqarishiga umid qiladi. FRTning prezidentga 
bo‗ysunishi yana shunisi bilan havfliki, uning pul mablag‗lari G‗aznachilik 
tomonidan g‗azna obligatsiyalarini sotib olish yo‗li bilan byudjetning kattagina 
defitsitini moliyalash amalga oshirilishi mumkin. G‗aznachilikning FRTga bosimi 
Inflatsiyaning keskin sakrashiga olib kelishi mumkin. Mustaqil bo‗lgan FRT esa 
G‗aznachilikning bosimiga qarshilik qila oladi. 
Mustaqillik himoyasiga yana bitta dalil shundan iboratki, monetar siyosatni 
nazorat qilish siyosatchilar uchun nihoyatda mukammal vazifa bo‗lib, ular bir 
nechta marta mukammal va muhim masalalarni echa olmaslik qobiliyatini 
namoyish qilgan edilar.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin