13
13.3 Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
ankning passiv
operatsiyasi - banklarning vaqtinchalik
bo‗sh pul mablag‗larini jalb qilish bilan bog‗liq operatsiyalari
passiv
operatsiyalar
hisoblanadi.
Bankning
asosiy
vazifalaridan biri bo‗sh pul mablag‗larini mumkin qadar
ko‗prok jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal
aktivlarga joylashtirishdan iborat.
Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni jalb
qilish va ushbu mablag‗larni tegishli maqsadlarga joylashtirish orqali tegishli
foydani shakllantiradi. Banklarning vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larini jalb qilish
bilan bog‗liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklarning passiv
operatsiyalari tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi.
Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslarni
shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan mablag‗lar va o‗z
mablag‗laridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olib boriladi.
Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan
mablag‗lar) tashkil etib, ular jami bank resurslari tarkibida 85–90 foizdan iborat
bo‗ladi.
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarab: –
barqaror va –beqaror mablag‗larga, ular uchun to‗lanadigan xarajatlar miqdoridan
kelib chiqib: –arzon va –qimmat mablag‗larga ajratish mumkin.
Jalb qilingan mablag„larning manbasi
:
1.
Depozitlar
1.
CHaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar;
2.
Muddatli depozitlar;
3.
Jamg‗arma depozitlar.
Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari tarkibida depozit mablag‗lar,
ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. Bank resurslari tarkibida
muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi banklarning moliyaviy barqarorligini
mustahkamlashga va to‗lovga layoqatliligini ta‘minlashga bevosita ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi.
Ta‘kidlash lozimki, respublikamiz tijorat banklari resurslari tarkibida
muddatli mablag‗larning ulushi o‗sib borish tendensiyasiga ega bo‗lib, ushbu
ko‗rsatkich 2001 yil 1 yanvar holatiga taxminan 7 – 8 foizni tashkil etgani holda,
2008 yil 1 yanvar holatiga 17 foizga, 2010 yilda 35 – 40 foiz yaqin darajani tashkil
etgan.
B
Dostları ilə paylaş: