― pul va banklar


―hamma narsa mijoz uchun‖



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   266
pul va banklar (2)

―hamma narsa mijoz uchun‖
degan tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu tamoyil 
bank mijoz uchun to‘laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini 
ta‘minlaydi. Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot 
hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishlariga va 
roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar 
manfaatini ta‘minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim. 
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan 
xizmatlar va operatsiyalarning 
universallashuvi
va 
diversifikatsiyasi
bo‘lib, 
banklar faoliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik 
asosida yuqori daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat‘iy nazar ularning faoliyati 
yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. 
Oldingi paragrafda ta‘kidlanganidek banklar aktsiyador jamiyat kabi ochiq 
turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador banklar bo‘lishi mumkin. Aktsiyadorlar 
safiga kirish aktsiyalarni sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va 
jismoniy shaxslar banklarning aktsiyadorlarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo‘lishi 
mumkin. 
Ba‘zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu 
turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi 
mumkin. 
―Hamma narsa 
mijoz uchun‖
 



Xususiy banklar-jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hisobidan tashkil 
qilingan banklar hisoblanadi. 
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va maxsus 
banklarga bo‘linadi. 
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga 
oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma‘lum yo‘nalishlarga xizmat 
ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga 
bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin 
banklarini kiritish mumkin. 
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, 
viloyat banklariga bo‘linishi mumkin. 
Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo‘jalik, 
savdo va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta‘siri 
o‘sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning 
bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning 
xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini 
ko‘zatib borishi mumkin. Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital 
tarmoqlar o‘rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasi o‘rtasida taqsimlanadi va 
qayta taqsimlanadi. Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha 
investitsiyaga bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida 
progressiv yutuqlarga erishishni ta‘minlashi mumkin. 
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga 
olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga 
aylantirish; 
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash; 
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish; 
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish; 
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va 
boshqalar. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin