9
Xususiy banklar-jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hisobidan tashkil
qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari
universal va maxsus
banklarga bo‘linadi.
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga
oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma‘lum yo‘nalishlarga
xizmat
ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga
bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin
banklarini kiritish mumkin.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy,
viloyat banklariga bo‘linishi mumkin.
Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishga qarab: sanoat,
qurilish, qishloq xo‘jalik,
savdo va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta‘siri
o‘sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning
bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari,
korxonalarning
xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini
ko‘zatib borishi mumkin. Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital
tarmoqlar o‘rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasi o‘rtasida taqsimlanadi va
qayta taqsimlanadi. Sanoat,
transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha
investitsiyaga bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida
progressiv yutuqlarga erishishni ta‘minlashi mumkin.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga
olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga
aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va
aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va
boshqalar.
Dostları ilə paylaş: