― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   266
pul va banklar (2)

―Banklar va bank 
faoliyati 
to‘g‘risida‖ 
 


11 
berganida, pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul 
massasi kamayadi. 
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisob-lanadi. Tijorat 
bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o‘tkaziladi va 
bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag‘ning ma‘lum qismini naqd pul 
shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomaladagi pul massasining 
miqdori oshadi. Shuning uchun ham, Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati 
ustidan nazorat olib boradi. Tijorat banklarining muhim funksiyalaridan biri hisob-
kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o‘rtasida 
vositachi bo‘lib xizmat qiladi. 
Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham 
shug‘ullanishi mumkin. 
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida mijozlarga har xil 
axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, 
umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning 
tashkil topishi o‘zoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida 
bo‘lg‘usi ta‘sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali 
uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar 
tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar. Bankning vositachilik 
operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‗z 
faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‗lari 
bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‗lishi 
mumkin, ammo bu bilan mablag‗larni yo‗qotish bilan bog‗liq risk darajasi oshadi 
va mablag‗larni o‗z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu 
muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-
birovi haqida yetarli darajada ma‘lumotga ega emasligi, mablag‗larga bo‗lgan 
talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat 
banklari mablag‗larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‗z 
aktivlari bo‗yicha keng diversifikatsiya usulini qo‗llab omonatlarni qaytara 
olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‗jalik 
jamg‗armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga 
talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‗lgan barcha jamg‗armalarni 
maksimal darajada yig‗ishga, balki joriy iste‘molni chegaralash bilan jamg‗armani 
shakllantirishga samarali ta‘sir ko‗rsatmog‗i lozim. Jamg‗arma mablag‗larni 
shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta‘siri katta. Omonatchilarga 
yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. 
Omonatlarni qo‗yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati 
etarlicha ma‘lumotga ega bo‗lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho 
bera olishi mumkin. 
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‗rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va 
turli sub‘ektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank 
moliyaviy vositachi rolini o‗ynaydi. U bo‗sh turgan mablag‗larni jalb qiladi va o‗z 
nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan 


12 
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‗jaligi, savdo va boshqalar 
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‗ladi. 
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‗larini depozit, 
kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‗z ustavlarida ko‗rsatilgan boshqa 
o‗zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Mijozlarga kredit berish va o‗z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish 
uchun mablag‗ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish 
uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin. 
Tijorat banklari operatsiyalari bo‗yicha foiz stavkalari ularning o‗zlari 
tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining 
bosh yo‗nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan 
bo‗lishi lozim. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida qimmatli qog‗ozlar bozorining yaxshi 
taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‗lgan asosiy moliyaviy 
resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi. 
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub‘ektlararo to‗lov 
operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha 
to‗lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday 
tizimida to‗lovlarni amalga oshirishda davlat o‗zi kafil bo‗lardi. Mustaqil tijorat 
bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar 
o‗z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‗paytirdi. MFO hisob varaqalaridan 
foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‗rniga banklararo 
hisobning korrespondent schetlarga o‗tishi ham risk darajasini ko‗payishiga olib 
keldi. Bunday sharoitda tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‗yicha to‗lovlarni 
o‗z vaqtida amalga oshirishilishi bo‗yicha mas‘uldir. 
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar 
iqtisodiyotining to‗lov mexanizmida etakchi o‗rin tutadi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyot to‗lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va 
rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‗lov tizimida tijorat banklarning o‗rni 
kengaymoqda. 
Undan tashqari tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‗rsatish, 
ya‘ni qimmatli qog‗ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan 
shug‗ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan 
shug‗ullanishi mumkin. 
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi 
operatsiyalarni bajaradi: 
-passiv operatsiyalar; 
-aktiv operatsiyalar; 
-bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari; 
-bankning o‗z mablag‗lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va 
boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar. 
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari ―Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida‖gi Qonunda ifodalangan. Shu qonunning 2-bobi 
―Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi‖ deb nomlanib o‘z ichiga 
13 modda(7-19 moddalar)ni oladi.


Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin