― pul va banklar


bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   266
pul va banklar (2)

bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligi
dir. Bu 
tamoyilga asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, 
mijozlar va omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini 
mustaqil to‘zishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va 
o‘zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat 
turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati 
to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy-me‘yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond 
va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin. 
Tijorat bankining soliq to‘lagandan keyingi qolgan foydasi aktsionerlarning 
umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aktsionerlarning umumiy 
yig‘ilishi bankning har turligi fondlarga ajratmalarining norma va miqdorini, 
aktsiyalarga to‘g‘ri keluvchi divident summasini belgilaydi. 
130
For a more theoretical treatment, see Bhattahcharya and Pfleiderer (1985), Diamond (1984), and Rees (1985). 
131
Shelagh Hefferman. Modern banking. John Wiley&Sons. Ltd. 2005.p.6 



Majburiyatlari bo‘yicha tijorat banki o‘z mablag‘lari va mol-mulki bilan 
javob beradi. Tijorat banki o‘tkazadigan operatsiyalarning riskini o‘z zimmasiga 
oladi. 
Uchinchi tamoyil asosida tijorat bank va mijoz munosabatlari yotadi, ya‘ni 
bank ssuda berayotgan bozor mezonlaridan daromad, risk va likvidlik darajalaridan 
kelib chiqqan holda beradi. 
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili 
bank faoliyatining 
tijoratlashuvi
bo‘lib, bunda banklarning tijorat ob‘ekti vaqtincha bo‘sh turgan pul 
mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsada, 
faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga 
asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi 
kerak. 
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji 
boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi.
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan 
biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank 
faoliyatida risk darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, bankning 
daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining 
yana bir muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy 
tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan risk 
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki 
kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. O‘isqacha qilib 
aytganda, bank faoliyati 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin