― pul va banklar


haqiqatda mavjud bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatish



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   266
pul va banklar (2)

haqiqatda mavjud bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatish
dir. 
Tijorat banki boshqa bank vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga 
oshirish, boshqalarga kredit xizmatini ko‘rsatish va vakillik hisob varag‘ida qolgan 
qoldiq chegarasida naqd pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat 
banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi 
deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, 
balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi 
mutanosibligini ta‘minlashi tushuniladi. Bunda avvalambor, passivlar va aktivlar 
muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar bank 
mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu mablag‘larni o‘zoq muddatli 
ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtda 
amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z 
navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. 
Bank aktivida risk darajasi yuqori bo‘lgan ssudalar miqdorining ko‘payishi, 
bankning resurslari hajmida o‘z mablag‘lar hissasining oshirilishini taqozo qiladi. 
Shunga ko‘ra, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy normativlarni aniqlashda 
bank aktivlarining passivlarga mutanosib bo‘lishini inobatga olish lozim.
Prinsipal vositachi naariyasi quyidagilar o‘rtasidagi bitimlarning xarakterini 
tushuntirish maqsadida tatbiq qilinadi:

Bankning aksiyadori va uning boshqaruvi; 

Bank va uning xodimlari; 

Bank va qarzdor; 




Omonatchilar va bank.
130
 
Prinsipal vositachining xatti-harakati to‘g‘risida to‘g‘ri ma‘lumotga ega 
bo‘lolmaganligi yoki qiyinlashtirgani uchun rag‘batlantirishda muammolar 
vujudga keladi. Masalan, bank aksiyadorlari boshqaruvning har bir qarorini 
nazorat qilib chiqolmaydi, depozitorlar bank harakatlarini nazorat qila 
olmaydi.Natijalar yomon bo‘lganda bank boshqaruvi salbiy muvaffaqqiyatsizlikni 
sabab qilib ko‘rsata oladi. 
Bankning qiyin muammoga uchrashining asosiy sabablaridan biri prinsipal 
va agent tomonidan saqlanadigan malumotlardagi har xillik yoki noto‘g‘ri 
malumotdir, chunki bank prinsipalda korxona, yakka shaxs va agentdan qarz 
majburiyatini bajarmaslik to‘g‘risidagi malumot kamroq bo‘ladi. 
Ruhiy xavf-xatar prinsipal yoki iste‘molchi pulini agentlikka yoki bankka 
depozitga qo‘yishidagi boshqa bir muammodir. Shartnomaning kirib kelishida 
shuningdek shartnoma kelishuvining o‘zgarganida ham manaviy xavf xatar 
oshadi.
131

Bank qonun doirasida o‘z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanishi 
mumkin, lekin uning aktiv operatsiyalari hajmini ma‘muriy taqiqlov usullari bilan 
chegaralash mumkin emas. 
Ma‘muriy cheklovlar bir martalik va favqulodli hollarda qo‘llanilishi 
mumkin. Bu cheklovlarni doimiy tarzda qo‘llash bankning tijorat asoslarining 
bo‘zilishiga olib keladi. Shunga ko‘ra, banklar faoliyatini tartibga solish uchun 
iqtisodiy me‘yorlardan keng foydalaniladi. Tijorat banklarining jalb qilingan 
mablag‘lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank 
faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozitlar jalb qilishga bo‘lgan 
qiziqishini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat muhiti yuzaga 
kelishiga asos bo‘ladi. 
Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi 
tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu 
mablag‘lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash 
tijorat banklarni likvidligini oshirishga yordam beradi. 
Uchinchi tamoyil bu 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin