― pul va banklar


-mavzu. Tijorat banklari funksiyalari va ularning operatsiyalari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   266
pul va banklar (2)

 
13-mavzu. Tijorat banklari funksiyalari va ularning operatsiyalari 
REJA: 
13.1 Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish va uning iqtisodiy va huquqiy 
asoslari 
13.2 Tijorat banklarining funksiyalari va ularning mohiyati 
13.3 Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
 
13.4 Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari 
13.5 Tijorat banklarining noa‘nanaviy operatsiyalari 
 
13.1.Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish va uning iqtisodiy va 
huquqiy asoslari 
aniqli iqtisodchi olimlar, jumladan Lavrushin ―tijorat banki – bu tashkilot 
emas balki korxona deb hisoblaydi. Ularning fikriga ko‘ra tijorat banklari ham 
mahsulot yaratadi. Tijorat banklari nomoddiy shaklga ega bo‘lgan mahsulotlarni 
yaratadi. Misol: 
depozit 
va 
kredit
.
Lekin amaliyotda tijorat banklarini kredit muassasasi va kredit tashkiloti deb 
atash keng tarqalgan.
Boshqa moliyaviy institutlar ko‘plab moliyaviy xizmatlarni 
taklif qilishlariga qaramasdan, faqatgina banklar bir paytning o‘zida depozitlar 
qabul qiladi va shular hisobidan ssudalar beradi.
Depozit mahsulotlariga talabga ko‘ra yoki ba‘zi so‘rovdan so‘ng haq 
to‘lanadi. Depozitlar banklar foydani maksimallashtirish uchun boshqarilishi 
kerak bo‘ladigan majburiyatlar hisoblanadi. Shuningdek, ular ssuda orqali 
yaratilgan aktivlarni asosini tashkil qiladi. Shunday qilib, bu faoliyatning asosi 
depozitchilar va qarz oluvchilar o‘rtasidagi vositachilik jarayonidir.
129
 
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatidagi o‘ziga xos maqomni quyidagi
 
holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Tijorat banklari butun iqtisodiyotda subektlari hamda aholini kreditlaydigan 
qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda ularning kreditlarisiz biror 
bir mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash va uy-joy muammosini hal qilish 
128
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 
2013. pp. 361-363 
129
Shelagh Hefferman. Modern banking. John Wiley&Sons. Ltd. 2005.p.1 
T



mumkin emas. Tijorat banklari aholiga va xo‘jalik yurituvchi subekt, hisob-kitob 
kassa xizmat ko‘rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi. 
Tijorat banklari faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qiladigan moliya 
institutidir. Davlat odatda tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank orqali nazorat 
qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy sababi banklarga depozitlar va omonatlar 
berish huquqini berilganligidir. 
Tijorat banklari shartnoma asosida mijozlarga moliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatadigan kredit institutlari hisoblanadi.
Bu moliyaviy xizmatlarning bahosi bank va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga 
asoslandi. Hech qaysi davlat organi bank xizmatlari bahosini shakllanish 
jarayonida aralashishiga haqqi yo‘q. 
Tijorat banklari mijozlarning bankka jalb etilgan mablag‘larini sir tutishi ni 
kafoltlaydigan moliya institute hisoblanadi. Bu kafolatlar bank siri to‘g‘risidagi 
qonunda o‘z ifodasini topadi. 
Tijorat banklari ishlab chiqarish, sug‘urta va savdo faoliyati bilan 
shug‘ullanish man etilgan instituti. 
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarini 
tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning 
depozit va omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb 
qilish bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari 
chetdan jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni 
jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga 
asos yaratadi. Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin