14
1.
Depozitsiz mablag‗lar
1.
Banklararo kredit resurslari;
2.
Hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‗sh mablag‗lar;
3.
Tijorat banklaridan olingan resurslar;
4.
Boshqa mablag‗lar.
Banklarning depozit bo‗lmagan mablag‗lari tarkibida moliya bozoridan jalb
qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni egallaydi. Banklararo
kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega bo‗lib, odatda ushbu kreditlarni
berish va olish jarayoni o‗zining tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu
jarayon bo‗yicha asosiy operatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida
amalga oshiriladi. Ya‘ni, tijorat banklari o‗zaro kelishuvga erishganda mablag‗lar
vakillik hisobvaraqlari orqali o‗tkazib beriladi. Shu bilan birga, ushbu kreditlar
tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati jihatidan «uzun» mablag‗lar
hisoblanadi.
Banklar faoliyatini tartibga solishning iqtisodiy tahlili.
Bizga ma‘lumki, moliya tizimi-iqtisodiyotning eng ko‘p tartibga solinadigan
sektorlaridan biridir, banklar esa,- eng ko‘p tartibga solinadigan moliyaviy
muassasadir. Afsuslar bo‘lsinki, tartibga solish har doim ham kutilgan natijalarga
olib kelmaydi, chunki yaqinda bank tizimida bo‘lib o‘tgan inqirozlar buni
isbotladi. Ular nafaqat AQShga, balki jahonning ko‘pgina mamlakatlariga
yopirildi. Ushbu bobda biz bank faoliyatining iqtisodiy tahlili yordamida jahon
bank inqirozining kelib chiqish sabablarini tushuntiramiz va tartibga solish
tizimining kelgusida inqirozlarni bartaraf etish etishini yoritib beramiz
133
.
Dostları ilə paylaş: