― pul va banklar


Talab qilib olinguncha qadar depozitlar –



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   266
pul va banklar (2)

Talab qilib olinguncha qadar depozitlar – 
bu bankni oldindan 
ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan 
mablag‗lardir. 
Ularga joriy, hisob-kitob, byudjet va hisob – kitoblarni amalga oshirishi yoki 
mablag‗lardan maqsadli foydalanish bilan bog‗liq hisob-varaqalardagi 
mablag‗larni, boshqa banklarning vakillik hisobvarag‗idagi qoldiqlarni kiritish 
mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob kitoblar uchun mo‗jallangan. Bu 
hisobvaraqdagi mablag‗lar harakati naqd pul, pul o‗tkazish, boshqa hisob-kitob 
hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bank likvidligini boshqarish nuqtai 
nazaridan qaraganda joriy va byudjet hisobvaraqlari, kapital qo‗yilmalarni 
moliyalashtirish bo‗yicha hisobvaraqlar, maxsus hisobvaraqlar banklar uchun 
foydaliroq hisoblanadi. Chunki bu mablag‗lar yuqori likvidlilikka ega. Bu depozit 
turining asosiy kamchiligi – ular bo‗yicha juda kam miqdorda foizlarning 
to‗lanishi yoki umuman to‗lanmasligidir. Bundan tashqari joriy va byudjet 
hisobvaraqa egalari o‗zlarining statuslaridan kelib chiqib kredit olmaydilar, bu esa 
banklarga mablag‗larni o‗z rejalari asosida ishlatishga imkon beradi. 
Talab qilib olguncha bo‗lgan depozitlarga banklarning korrespondent 
banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqalaridagi mablag‗larini ham kiritish 


22 
mumkin. Bu hisobvaraqalar ular hisob kitoblarni va to‗lovlarni bir tomonlama 
tartibda yoki bir birlarining topshiriqlari bo‗yicha amalga oshirish maqsadida 
ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda ochilgan vakillik hisobvarag‗i 
«Nostro» scheti, mazkur bank boshqa bank uchun ochgan vakillik hisobvarag‗i 
«Loro» scheti deb yuritiladi va bunday hisobvaraqalarini ochish banklararo 
imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqalardan 
to‗lovlar, qoidaga ko‗ra, ulardagi mablag‗lar hajmi chegarasida amalga oshirilishi 
kerak. Ular bo‗yicha mavjud mablag‗lardan ko‗proq operatsiyalar o‗tkazish 
zaruriyati tug‗ilganda, vakilga alohida balans hisobvarag‗idan overdraft krediti 
berilishi mumkin. 
Talab qilib olinguncha bo‗lgan depozitlarga kontokorrent hisobvarag‗i 
mablag‗larini ham kiritish mumkin mumkin. 
Xalqaro bank amaliyotida talab qilib olinguncha yuqoridagi depozitlardan 
tashqari nau-hisobvaraqalar (uchinchi shaxs foydasiga hisob hujjatlarini yozib 
berish), bank tomonidan belgilanadigan hisob cheklari ham kiritiladi. 
Talab qilib olingungacha bo‗lgan depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega: 
11.
depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada mablag‗ni 
qo‗yish yoki olishi mumkin; 
12.
depozit muddati chegaralanmagan; 
13.
kam miqdorda foiz to‗lanadi; 
14.
bu turdagi depozitlar bo‗yicha Markaziy bankga o‗tkaziladigan majburiy 
rezervlar salmog‗i yuqori va h.k. 
Tijorat banklarida jalb qilingan mablag‗lar tarkibida talab qilib olinguncha 
depozitlar turlicha hajmga ega. Bu odatda, bank resurslarini shakllantirishning eng 
arzon manbaidir. Mablag‗larning yuqori harakatchanligi tufayli talab qiluvchi 
hisobvaraqalardagi qoldiq doimiy emas, ba‘zida juda o‗zgaruvchan. Hisobvarag‗i 
egasi istagan paytda mablag‗larni olish ehtimoli bank oborotida yuqori likvid 
aktivlarning hissasi ko‗proq bo‗lishini talab qiladi. Bu esa kamroq likvidlika ega 
bo‗lgan, biroq yuqori daromad keltiruvchi aktivlarning hissasining qisqarishi 
evaziga yuz beradi. Shu sababli banklar talab qilgungacha hisobvarag‗i egalariga 
past foiz to‗laydilar yoki umuman to‗lamaydilar. Biroq, talab qilguncha 
hisobvaraqalardagi 
mablag‗larning 
yuqori 
darajadagi 
harakatchanligiga 
qaramasdan, ularning minimal, doimiy qoldig‗ini aniqlash va ulardan barqaror 
kredit resursi sifatida foydalanish imkoniyatiga banklar ega bo‗lmog‗i lozim. 
Muddatli depozitlar – bu banklar tomonidan ma‘lum muddatga jalb 
qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‗yilgan muddatda o‗zgarmas 
bo‗lishi lozim va ular joriy to‗lovlar uchun ishlatilmaydi. 
Muddatli qo‗yilmalar mablag‗larni shartnoma bo‗yicha muddat va shartlarda 
to‗liq bank ixtiyoriga berishni anglatadi, bu muddat tugashi bilan muddatli 
qo‗yilma xohlagan paytda egasi tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Muddatli 
qo‗yilma bo‗yicha to‗lanadigan foiz hajmi depozit muddati, summasi va 
shartnomani pul qo‗yuvchi tomonidan bajarilishiga bog‗liqdir. O‗o‗yilmaning 
muddati va summasi qanchalik katta bo‗lsa, foizi ham shunchalik yuqori bo‗ladi. 
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek amaliyotda asosan 1, 3, 6, 9, 12 oy yoki yanada 
uzoqroq muddatga qo‗yilmalar rasmiylashtiriladi. Bunday aniq chegaralar pul 
qo‗yuvchilarni o‗zlarining mablag‗larini ratsional tashkil qilish va qo‗yilmalar 


23 
qo‗yishga rag‗batlantiradi, shuningdek banklarga o‗zlarining likvidliklarini 
boshqarish uchun sharoit yaratadi. Pul qo‗yuvchi tomonidan qo‗yilma bo‗yicha 
mablag‗larni muddatidan oldin olinganda u shartnomada ko‗rsatilgan foizlardan 
to‗liq yoki qisman mahrum bo‗lishi mumkin. Odatda bunday hollarda foizlar talab 
qilgungacha qo‗yilmalarga to‗lanadigan foizlar hajmigacha pasaytiriladi. 
Muddatli depozitlar depozitlarning boshqa turlariga nisbatan bankka barqaror 
resurs bazasini ta‘minlaydi. Shu bois tijorat banklari muddatli depozitlar 
salmog‗ini ko‗paytirishga harakat qilishlari lozim. 
Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega: 
15.
aniq muddatga ega va ular bo‗yicha o‗zgarmas (depozit siyosatida 
ko‗rsatilgan) foiz to‗lanadi; 
16.
joriy hisob-kitoblar uchun foydalanilmaydi
17.
mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim aks holda foiz 
to‗lash bo‗yicha shartnoma shartlari bekor qilinadi va talab qilib olinguncha 
depozit miqdorida foiz to‗lanishi mumkin; 
18.
mablag‗lar sekin aylanadi, uzoq muddatli ssudalarga yo‗naltiriladi; 
19.
majburiy rezerv normasi nisbatan past bo‗lishi mumkin va h.k. 
Jamg‗arma depozitlari aholi pul jamg‗armalarining to‗planishi uchun xizmat 
qiladi. Jamg‗arma depozitlarga pul mablag‗larini jamg‗arish yoki saqlash 
maqsadida shakllantirilgan qo‗yilmalar kiradi. Ularning maxsus xususiyatli 
tomonlari – saqlashning rag‗batlantirilishi va yuqori daromadlilik darajasi, ma‘lum 
davr ichida jamg‗arila borishi kabilar hisoblanadi. 
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi
kreditlar berish salohiyati to‗lovlar amalga oshiriladi, banklarning daromadlari 
vujudga keltiriladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin