21
Bundan tashqari, aksariyat bank operatsiyalari naqd pulsiz ko‗rinishda amalga
oshiriladi. Kassa zahiralari ko‗rinishida bo‗lmagan naqd pullar bank likvidligini
oshiradi va u boshqa mijozlarga yoki bankka kredit sifatida yo‗naltirilishi mumkin.
Kassa zahiralaridan tashqari tijorat banklari tomonidan depozitlardan kredit resursi
sifatida foydalanishda boshqa cheklovlar bo‗lib, u O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan o‗rnatiladigan majburiy zahiralar shaklida ifodalanadi.
Depozit hisobvaraqalari turlicha bo‗lishi mumkin va ularning tasniflanishi
asosida qo‗yilmalar manbai, ularning maqsadli yo‗naltirilganligi, daromadlilik
darajasi va boshqa shu kabi mezonlar etadi, ammo aksariyat hollarda mezon
sifatida pul qo‗yuvchi toifasi va qo‗yilmani olish shakllari inobatga olinadi.
Pul qo‗yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga
bo‗linadi:
1.
yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar);
2.
jismoniy shaxslar;
Mablag‗larni olish shakliga ko‗ra depozitlar quyidagilarga bo‗linadi:
3.
muddatli depozit mablag‗lar;
4.
talab qilib olingunga qadar depozit mablag‗lar;
5.
aholining jamg‗arma qo‗yilmalari.
O‗z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi.
Muddatli depozit mablag‗lar ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi;
6.
3 oy muddatgacha depozitlar;
7.
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
8.
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
9.
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
10.
12 oydan yuqori bo‗lgan depozit mablag‗lar.
Bank tomonidan jalb qilingan mablag‗larning yuqori likvidlik darajasini
ushlab turish va ma‘lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud
qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqib turli aktivlarga joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: