30
Xalqaro bank amaliyotida
trast operatsiyalari
banklar mijozlarning
topshirqlariga asosan ularning mulkini boshqarish yoki ishonchli vakil sifatida
ularning nomidan xizmatlarni bajaruvchi shaxs.
Tijorat banklarida trast – bo‗limlari trast operatsiyalari doirasida quyidagi uch
yo‗nalishdagi ishlarni bajaradi:
– mijozlarning vasiyatlariga binoan ularning meroslarini boshqarash;
– ishonchli vakil sifatida xizmatlarni bajarish va otaliqqa olish;
– agentlik (vositachilik) xizmati.
Mijozlarning vasiyatlariga binoan ularning meroslarini boshqarish.
Meroslarni boshqarishda ularning asosiy vazifalari sud qarorini olish, meros bilan
bog‗liq mol – mulklarni butligi va xafsizligini ta‘minlash, ma‘muriy xarajatlarni
amalga oshirish, qarzlarni to‗lash yoki undirish, mol – mulk bilan bog‗liq
soliqlarni to‗lash va vasiyatchining merosxo‗rlariga tegishli xizmatlarni ko‗rsatish
va yordam berish. Masalan, amaliyotda bunday holat mulkdorning farzandlari
voyaga etmaganda erta olamdan ko‗z yumushi natijasida vujudga kelishi mumkin.
Mijozning ishonchli vakili sifatida ishlarni bajarish yoki shartnoma asosida
vaqtinchalik mol – mulkini boshqarish.
Bu shakldagi operatsiyalar mijoz uzoq
muddatga safarga yoki jismoniy zaifligi oqibatida o‗ziga tegishli mol – mulk (uy –
joy, mashina, uy hayvonlari va boshqalar)ni boshqarish imkoniyatiga ega
bo‗lmagan holatda yuz beradi.
Agentlik (vositachilik) xizmati
.
1.
qimmatli qog‗ozlarni saqlashga qabul qilish;
2.
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha daromadlarni undirish;
3.
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha olinadigan daromadlar haqida benefitsarga
ma‘lumot berib turish;
4.
muddati tugagan qimmatli qog‗ozlarni so‗ndirish;
5.
qimmatli qog‗ozlarni sotish va sotib olish;
6.
benefitsarning hisobvaraqlari bo‗yicha to‗lovlarni amalga oshirish;
7.
sug‗urta polislarini rasmiylashtirish;
8.
seyflarni ijaraga berish.
YAkunlovchi fikr sifatida ta‘kidlash mumkinki, har qanday iqtisodiyotda
banklarning noa‘ananaviy operatsiyalarini rivojlanishiga qator omillar ta‘sir qiladi.
Xususan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining barqarorligi,
real inflyasiya darajasining xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan me‘yorlarini
ta‘minlanishi, bank tizimiga aholi va mijozlar ishonchining mustahkamligi kabilar
shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: