― pul va banklar


Kontokorrent operatsiyalari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   266
pul va banklar (2)

Kontokorrent operatsiyalari 
Banklarning noa‘anaviy operatsiyalaridan biri 
kontokorrent operatsiya
lar
hisoblanadi. Kontokorrent (overdarft) operatsiyalarda mijozlarning banklardagi 
talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari bo‗yicha ma‘lum 
miqdorda debet qoldiq (overdraft) qolishiga ruxsat beriladi. Albatta, bu iqtisodiy 
jarayon bank va mijoz o‗rtasida tegishli shartnoma asosida rasmiylashtiriladi, 
kontokorrent shartnomasiga binoan mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozit hisobvaraqlarida mablag‗lar mavjud bo‗lmagan holda, unga to‗lovlarni 
amalga oshirish uchun tegishli summani debet qoldig‗i hisobidan o‗tkazilishiga 
yo‗l qo‗yiladi.
Kontokorrent (overdraft) operatsiyalarida mijozning talab qilib olinguncha 
saqlanadigan depozit hisobvarag‗ining aktiv qismida qolgan qoldiq asosida bank 
hisobiga tegishli foiz hisoblanadi. Mijoz tomonidan sotilgan tovarlar va 
ko‗rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablag‗lar uning talab qilib olinguncha 
saqlanadigan depozit hisobvarag‗i tushishi orqali debet qoldiq (overdraft) summasi 
yopiladi.
SHu tariqa, bank va mijoz o‗rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan muddat 
davomida kontokorrent (overdraft) operatsiyasi amalga oshiriladi. Uning 
ishtirokchilari bank va bankning mijozi hisoblanib, bank kontokorrent (overdraft) 
shartnomasini tuzayotganda mijozning moliyaviy holati, balansining likvidligi va 
boshqa mezonlariga alohida e‘tibor qaratadi. Bunda asosan bank bilan uzoq 
yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan va asosli to‗lov qobiliyatiga ega 
bo‗lgan hamda ishonchli mijozlari yuqori mavqiega ega bo‗ladi. 
Kontokorrent (overdraft) operatsiyalarining qator afzalliklari mavjud bo‗lib, 
ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 
– mijozning qisqa muddatli moliyaviy resurslarga bo‗lgan ehtiyojini 
ta‘minlaydi va qo‗shimcha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt va 
moliyaviy mablag‗larni tejash imkoniyatini beradi; 
– banklarga moliyaviy mablag‗larni ishonchli va samarali maqsadlarga 
joylashtirish imkoniyatini berish bilan birga, qo‗shimcha foyda olishga sharoit 
yaratadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin